«Tolibon» o‘z vazirlariga xorijlik diplomatlar bilan uchrashishni taqiqladi
14 dekabr 2021, 16:14

«Tolibon» o‘z vazirlariga xorijlik diplomatlar bilan uchrashishni taqiqladi

«Tolibon» harakati vazirlar va boshqa rasmiy shaxslarga Tashqi ishlar vazirligi ruxsatisiz xorijiy diplomatlar bilan uchrashishni taqiqladi.

Prokuratura kesilgan daraxtzor uchun to‘langan 1,89 mlrd so‘mni Ekoqo‘mga o‘tkazmadi — deputat
14 dekabr 2021, 15:03

Prokuratura kesilgan daraxtzor uchun to‘langan 1,89 mlrd so‘mni Ekoqo‘mga o‘tkazmadi — deputat

2020 yil fevral oyida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi 81 tup daraxt kesilgani uchun quruvchidan qariyb 2 milliard so‘m undirilgan edi. Departament bu pullarni Ekologiya davlat qo‘mitasiga o‘tkazishi kerak edi, biroq haligacha o‘z hisobida saqlab kelmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. Biroz vaqt o‘tgach, u o‘z postini o‘chirib tashladi.

Moskvadagi turnirda o‘zbekistonlik sportchi ommaviy janjal kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi
14 dekabr 2021, 14:53

Moskvadagi turnirda o‘zbekistonlik sportchi ommaviy janjal kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi

Moskvada bo‘lib o‘tgan WEF ligasi turnirida o‘zbekistonlik sportchi jang boshlanmasdan oldin qirg‘izistonlik raqibiga zarba bergani ommaviy mushtlashuv kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi.

Yangi yilni President mahsulotlari bilan kutib olish mumkin
14 dekabr 2021, 13:00

Yangi yilni President mahsulotlari bilan kutib olish mumkin

President brendi assortimentini kengaytirib, xaridorlarni sifatli pishloq, sariyog‘, qaymoq va tvorog bilan ta’minlamoqda.

Toshkent viloyatida «daftar» larda turgan yoshlarga 5531 gektar yer ajratiladi
14 dekabr 2021, 12:27

Toshkent viloyatida «daftar» larda turgan yoshlarga 5531 gektar yer ajratiladi

Toshkent viloyatida «daftar» larda ro‘yxatda turgan 38 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 15 ta tumandan jami 5531 gektar yer maydoni ajratiladi.

AES obyektlarida xizmat qiluvchi xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqildi
14 dekabr 2021, 12:08

AES obyektlarida xizmat qiluvchi xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqildi

MAGATE yo‘riqnomasi asosida O‘zbekiston AES obektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqildi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, AES direktori energetika sohasida rahbarlik lavozimlarida 8 yillik mehnat staji, AESda 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lish talab etiladi.

“Qo‘yliq” ma’muriyati bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqidagi xabarlarni rad etdi
14 dekabr 2021, 11:57

“Qo‘yliq” ma’muriyati bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“Qo‘yliq” dehqon bozori direktori o‘rinbosari Qodirjon Normirzayev bozor buzilishi yoki ko‘chishi haqida xat yoki og‘zaki topshiriq berilmaganini, shu bois u buzilmasligini ma’lum qildi. Biroq, sotuvchilar va ishchilar Food City`ga ko‘chish, aks holda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirish xatlarini olishgan. Ma’muriyat esa bundan xabari yo‘qligini aytmoqda.

BMT rahbari: poraxo‘r amaldorlarning ochko‘zligi hammaga zarar yetkazadi
14 dekabr 2021, 11:42

BMT rahbari: poraxo‘r amaldorlarning ochko‘zligi hammaga zarar yetkazadi

Korrupsiya odamlarning rahbarlar va muassasalarga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, tengsizlikni kuchaytiradi va barchaga zarar yetkazadi, deya ta’kidladi BMT bosh kotibi Misrda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida. Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

«Taxtaqoracha» dovonida transport harakati tiklandi
14 dekabr 2021, 09:51

«Taxtaqoracha» dovonida transport harakati tiklandi

Kuchli qor yog‘ishi tufayli transport harakati vaqtincha cheklangan Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovoni seshanba kuni ertalabdan qayta ochildi.

Rossiyadagi mehnat migrantlari oyiga o‘rtacha 47,1 ming rubl ishlab topadi — RMF
14 dekabr 2021, 09:28

Rossiyadagi mehnat migrantlari oyiga o‘rtacha 47,1 ming rubl ishlab topadi — RMF

Rossiya migrantlar federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik daromadi 47,1 ming rublni (6,9 mln so‘m) tashkil etadi. Rus tilini bilish darajasiga qarab, ish haqi 12 ming rublgacha farq qilishi mumkin. Migrantlar uchun qurilish hamda transport-logistika tarmoqlari eng daromadli deb topilgan. Eng kam ish haqi esa qishloq xo‘jaligi va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan muhojirlarga to‘lanadi.

9 oyda 3 mlndan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishlash uchun borgan
13 dekabr 2021, 23:47

9 oyda 3 mlndan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishlash uchun borgan

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida 3 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun borgan. Yana 60 ming nafar o‘zbekistonliklar Rossiyaga ta’lim olish maqsadida ketishgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
13 dekabr 2021, 23:39

Jahon yangiliklari dayjesti

Buyuk Britaniyada koronavirusning omikron shtammiga chalinish oqibatida birinchi o‘lim holati qayd etilgani, Ilon Maskning Time jurnali versiyasiga ko‘ra «yil odami» deb topilgani, Shvetsiya qirg‘oqlarida ikkita yuk kemasi to‘qnashib ketgani, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya urushni tugatish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgani, AQShda COVID-19 tufayli o‘lim holatlari 800 mingga yaqinlashgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

ZF-UZ-VAC2001 ishlab chiqaruvchisi o‘zining vaksinasi omikron shtammidan himoya qila olishini bildirdi
13 dekabr 2021, 22:06

ZF-UZ-VAC2001 ishlab chiqaruvchisi o‘zining vaksinasi omikron shtammidan himoya qila olishini bildirdi

Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical biofarmatsevtika kompaniyasi ular yaratgan vaksina koronavirusning omikron shtamidan himoya qila olishini bildirdi. Qayd etilishicha, tadqiqotlar kompaniyaning rekombinant vaksinasi har qanday darajadagi koronavirus infeksiyasidan himoya qilish samaradorligini 81,43% ko‘rsatgan.

13 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 dekabr 2021, 22:00

13 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda yo‘lkiraning oshishi, Nurafshondagi qurilish bekor qilingani, Toshkent shahridagi harbiy shaharcha auksionda sotilgani, import tovarlarga nisbatan tarif kvotalarini qo‘llashning salbiy oqibatlari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning 13 dekabrdagi eng muhim xabarlar dayjestida.

Transport kartasi bo‘yicha harakatlanishlar soni cheklanmaydi — Transport boshqarmasi
13 dekabr 2021, 21:22

Transport kartasi bo‘yicha harakatlanishlar soni cheklanmaydi — Transport boshqarmasi

Toshkent shahar jamoat transportida transport kartasi bilan harakatlanishlar soniga cheklov o‘rnatish rejalashtirilmayapti, deb ma’lum qildi poytaxt Transport boshqarmasi rahbari Anvar Jo‘rayev.

Hindiston Eksimbanki O‘zbekistonga ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar ajratadi
13 dekabr 2021, 19:53

Hindiston Eksimbanki O‘zbekistonga ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar ajratadi

Hindiston Eksimbanki tomonidan O‘zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta’lim sohalarida loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar miqdorida mablag‘lar ajratilishi ma’lum qilindi.

«Farg‘onaazot» AJning 99,02% aksiyalari sotuvga qo‘yiladi
13 dekabr 2021, 19:51

«Farg‘onaazot» AJning 99,02% aksiyalari sotuvga qo‘yiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Farg‘onaazot» aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 99,02 foiz aksiya paketlarini sotish rejasini ma’lum qildi. Deloitte TCF LLP — ushbu xususiylashtirish jarayoni bo‘yicha agentligining yetakchi maslahatchisi/ Xalqaro moliya korporatsiyasi ham ushbu jarayonga yordam beradi.

Rossiyada UzAuto Motors avtomashinalari yuklangan avtotreylerda yong‘in chiqdi — video
13 dekabr 2021, 17:54

Rossiyada UzAuto Motors avtomashinalari yuklangan avtotreylerda yong‘in chiqdi — video

12 dekabr kuni Moskva viloyati hududida UzAuto Motors avtomobillarni mijozga yetkazayotgan avtotreylerda yong‘in chiqdi. Alanga avtotreyler kabinasidan avtomobillar yuklangan treylerga tarqalgan. Natijada 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

YeCHL nimchorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi
13 dekabr 2021, 16:50

YeCHL nimchorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Messi to‘p surayotgan «PSJ» safida Krishtianu Ronaldu bo‘lgan «Manchester Yunayted» bilan o‘ynaydi, «Atletiko» o‘z uyida «Bavariya»ni qabul qiladi. YeCHLning 1/8 final bahslariga qur’a tashlandi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
13 dekabr 2021, 16:46

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,81 so‘mga ko‘tarilib, 10 826,49 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting