Ob-havo o‘zgarib, tinimsiz qor yog‘ayotgani tufayli Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi «Taxtaqoracha» dovoni transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, 14 dekabr kuni soat 08:20 da «Taxtaqoracha» dovoni avtomobil harakati uchun yana qayta ochildi.

Hududda FVVning tegishli tashkilot xodimlari zaruriy tadbirlar olib borgan.