O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi
30 noyabr 2021, 17:36

O‘zbekistonda uchta quyosh elektr stansiyasini qurishga 15 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi

Energetika vazirligi uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tenderning ilk bosqichida 15 ta xalqaro kompaniyadan ariza kelib tushganini ma’lum qildi. Loyiha Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVtgacha bo‘lgan stansiyalarni qurishni nazarda tutadi.

Noyabr-dekabr oylarida yetkazib berilishi kutilgan UzAuto Motors avtomobillari 2 oyga kechikadi
30 noyabr 2021, 16:37

Noyabr-dekabr oylarida yetkazib berilishi kutilgan UzAuto Motors avtomobillari 2 oyga kechikadi

UzAuto Motors kompaniyasi noyabr-dekabr oylarida avtomobili yetkazib berilishini kutayotgan xaridorlarga transport vositalari 2 oydan keyin berilishini ma’lum qildi. Bunga sabab sifatida butlovchi qismlar yetishmovchiligi hamda global logistika muammolari ko‘rsatilgan.

Milliy gvardiyaning qonun va tartibni himoya qilish vakolatlari kengaytirildi
30 noyabr 2021, 16:04

Milliy gvardiyaning qonun va tartibni himoya qilish vakolatlari kengaytirildi

Endilikda Milliy gvardiya ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda, shuningdek, jamoat joylarida jamoat tartibini mustaqil ravishda ta’minlaydi. Bundan tashqari, Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish huquqini olishi mumkin.

1−2 dekabr kunlari havo harorati ko‘tarilishi va ayrim hududlarda changli bo‘ron kuzatilishi mumkin
30 noyabr 2021, 15:57

1−2 dekabr kunlari havo harorati ko‘tarilishi va ayrim hududlarda changli bo‘ron kuzatilishi mumkin

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 1−2 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha shamol 17−22 m/s gacha, ba’zi joylarda 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim viloyat va tumanlarda changli bo‘ron hamda chang g‘uborlar ko‘tarilishi kuzatilishi aytildi.

Fuqarolardan Janubiy Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborish evaziga pul talab qilgan shaslar qo‘lga olindi
30 noyabr 2021, 15:55

Fuqarolardan Janubiy Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborish evaziga pul talab qilgan shaslar qo‘lga olindi

Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborishni va’da qilgan va buning evaziga pul talab qilgan shaslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

UzAuto Motors Captiva 5 avtomobili uchun to‘lovlar qaytarilishi bo‘yicha izoh berdi
30 noyabr 2021, 15:34

UzAuto Motors Captiva 5 avtomobili uchun to‘lovlar qaytarilishi bo‘yicha izoh berdi

UzAuto Motors kompaniyasi xabariga ko‘ra, hozirgacha Captiva 5 avtomobili uchun jami 461 ta shartnoma puli to‘langan bo‘lib, 207 nafar xaridor ushbu avtomobil o‘rniga boshqa transport vaositasini olishga, 161 nafari esa to‘langan mablag‘ni qaytarilishiga qaror qilgan. Shuningdek, 41 nafar mijoz kechadan boshlab kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik to‘lov summasini olgan.

Adliya vazirligi Rasul Kusherbayevni «qora bozor»dan valyuta ayirboshlaganini qoraladi
30 noyabr 2021, 13:46

Adliya vazirligi Rasul Kusherbayevni «qora bozor»dan valyuta ayirboshlaganini qoraladi

Adliya vazirligi deputat Rasul Kusherbayevning valyutani bila turib «qora bozor»dan ayirboshlaganini amaldagi qonunlarni buzishga qaratilgan namoyishkorona harakat deb baholadi. «Rasul Kusherbayevning shaxsiy o‘rnak sifatida qonunlarni buzish orqali muammoni hal etish usulini tanlagani, shu orqali huquqiy nigilizmni targ‘ib qilishga olib kelayotganini oqlab bo‘lmaydi», — deyiladi xabarda. Vazirlik ushbu muammo mavjudligini tan olgan, biroq uni birgalikda hal qilishga chorlagan.

Shifokor va hamshiralar 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllarini to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda — SSV
30 noyabr 2021, 12:06

Shifokor va hamshiralar 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllarini to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari shifokor va hamshiralari hozirda 26 turdagi jurnal va 33 turdagi hisobot shakllari, qolaversa, bemorlar uchun o‘nlab turdagi blanklarni to‘ldirishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. Tizimdagi qog‘ozbozlikni bartaraf etish uchun ishchi guruh tuzildi.

Qamchiq dovonida avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yo‘lga sochilib ketdi
30 noyabr 2021, 11:48

Qamchiq dovonida avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yo‘lga sochilib ketdi

26 noyabr kuni Qamchiq dovonida yo‘lida harakatlanib ketayotgan yengil avtomashinaga joylashtirilgan yelim idish yorilib, ichidagi baliqlar yo‘lga sochilib ketgan. YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q, baliq chavoqlarining asosiy qismi nobud bo‘lmasdan yig‘ishtirib olingan.

Ta’lim sifati bilan bog‘liq ahvol qoniqarli emas — xalq ta’limi vaziri
30 noyabr 2021, 11:24

Ta’lim sifati bilan bog‘liq ahvol qoniqarli emas — xalq ta’limi vaziri

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov uchta viloyatga tashrifdan so‘ng, maktablardagi ahvolni qoniqarli emas deb atadi. «Afsuski, hatto o‘z fani bo‘yicha oddiy savolga ham javobni bilmaydigan o‘qituvchilar bor ekan», — dedi u. U o‘qituvchilar qo‘lida inson taqdiri yotganini aytib, «jonkuyarlik bo‘lmasa nima qiladi bu kasbni tanlab?» degan savolni o‘rtaga tashladi. Vazir ta’lim sifatini yaxshilash uchun katta va ko‘p ishlar qilish kerakligini ma’lum qildi.

Toshkentda yo‘l kira haqi 3000 so‘m bo‘lgan ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda
30 noyabr 2021, 11:21

Toshkentda yo‘l kira haqi 3000 so‘m bo‘lgan ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda

Toshkent shahrida yo‘l haqi 3000 so‘m bo‘lgan yangi ekspress avtobus yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.

Farg‘ona va Namanganda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
30 noyabr 2021, 10:47

Farg‘ona va Namanganda yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Farg‘onada korxona rahbari 0,5 gektar yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Namanganda esa fermer xo‘jaliklardan birida rahbar 5 gektar yerni bog‘ uchun ajratib berish evaziga 96 mln so‘m so‘ragani aytilmoqda. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.

JSST yangi koronavirus shtammining umumiy global xavfini juda yuqori deb baholadi. U hozirgacha «yengil alomatlar» bilan kuzatilgan
30 noyabr 2021, 10:13

JSST yangi koronavirus shtammining umumiy global xavfini juda yuqori deb baholadi. U hozirgacha «yengil alomatlar» bilan kuzatilgan

JSST koronavirusning omikron varianti bilan bog‘liq umumiy global xavfni juda yuqori deb baholadi. Bu ikki yillik pandemiyadan keyingi iqtisodiy tiklanishni xavf ostida qoldirishi mumkinligi aytilmoqda. Omikron shtammi hozirgacha «yengil alomatlar» bilan kuzatilgan va uni uy sharoitida davolashga muvaffaq bo‘lishgan. JSSTga ko‘ra, avval COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarning yangi shtamm bilan zararlanish ehtimoli yuqori.

Toshkentda 3 300 dollarni 35,3 mln so‘mga sotib olgan shaxs qo‘lga olindi
30 noyabr 2021, 10:09

Toshkentda 3 300 dollarni 35,3 mln so‘mga sotib olgan shaxs qo‘lga olindi

Poytaxtda fuqara boshqa bir shaxsdan 3 300 dollarni 35,3 mln so‘mga sotib olgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Messi yettinchi marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi
30 noyabr 2021, 09:49

Messi yettinchi marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi

«PSJ» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yettinchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi. «Bavariya» va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski esa yilning eng yaxshi hujumchisi sifatida e’tirof etildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 noyabr 2021, 22:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Portugaliya va Shotlandiyada COVID-19'ning yangi omikron shtammi bilan zararlanish holatlari aniqlangani, Qirg‘izistonda besh partiya saylov natijalarini tan olishdan bosh tortgani, Istanbuldagi kuchli bo‘ronlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani, Turkmaniston birinchi xonimining ilk surati tarqalgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

29 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
29 noyabr 2021, 21:30

29 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent yer usti halqa metro liniyalarini qurish uchun 354,3 mln dollar ajratilishi, 4 yil ichida 62 nafar O‘zbekiston fuqarosi terrorizmni moliyalashtirganlik uchun sudlanganligi, “Bunyodkor” o‘z xodimlariga 1,5 mlrd so‘mdan ko‘proq maoshlarni to‘lab berishni kechiktirishi — “Gazeta.uz"ning 29 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi». Nurmat Otabekov — Omicron haqida
29 noyabr 2021, 18:21

«Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi». Nurmat Otabekov — Omicron haqida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov to‘liq emlanganlarda koronavirusning yangi shtammi yengil o‘tishini ma’lum qildi. «Vaksinalar COVID-19`ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi», — dedi u. Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, Omicron`ning ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali kirib kelish ehtimoli yo‘q emas, biroq yangi shtamm uchun alohida protokol ishlab chiqish zaruriyatini vaqt ko‘rsatadi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
29 noyabr 2021, 17:53

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 787,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Finlyandiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi loyihalarni rivojlantirish uchun $28 mln ajratadi
29 noyabr 2021, 17:38

Finlyandiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondagi loyihalarni rivojlantirish uchun $28 mln ajratadi

O‘zbekiston Finlyandiyaning Markaziy Osiyodagi ustuvor hamkorlari ro‘yxatiga kiritilgan. Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda mamlakatga qonun ustuvorligi va iqtisodiy rivojlanish loyihalari uchun uch yil davomida 28 million dollar ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting