UEFAning Nondagi shtab-kvartirasida Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra nimchorak final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Benfika (Portugaliya) — Real Madrid (Ispaniya);
  • Vilyarreal (Ispaniya) — Manchester Siti (Angliya);
  • Atletiko Madrid (Ispaniya) — Bavariya (Germaniya);
  • Zalsburg (Avstriya) — Liverpul (Angliya);
  • Inter (Italiya) — Ayaks (Gollandiya);
  • Sporting (Portugaliya) — Yuventus (Italiya);
  • PSJ (Fransiya) — Manchester Yunayted (Angliya);
  • Chelsi (Angliya) — Lill (Fransiya).

1/8 finalning dastlabki o‘yinlari 15−16 va 22−23 fevral kunlari o‘tadi. Javob uchrashuvlari 8−9 va 15−16 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tish lozim, ushbu mavsumdan boshlab mehmonda urilgan gollar qoidasini bekor qilingan. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra hisob durang bo‘lsa, jamoalar qo‘shimcha vaqtda o‘ynashadi.

2021/2022 mavsumining final o‘yini 28 may kuni Sankt-Peterburgdagi Gazprom Arena stadionida bo‘lib o‘tadi.