Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga tashrif buyurdi
28 noyabr 2021, 12:35

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashish uchun Ashxobod shahriga bordi. Uni aeroportda Turkmaniston prezidenti kutib oldi. Ikki davlat rahbarlari sammit oldidan muzokara o‘tkazdi.

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbarligiga qayta saylandi
28 noyabr 2021, 09:47

Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbarligiga qayta saylandi

Alisher Usmonov uchinchi marotaba Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga saylandi. U tashkilotga 2008 yilda rahbarlik qila boshlagan, 2012 va 2016 yillarda qayta saylangan edi.

JSST COVID`ning yangi shtammini Omikron deb nomlab, uni «xavotirli variant» deb e’lon qildi
27 noyabr 2021, 15:52

JSST COVID`ning yangi shtammini Omikron deb nomlab, uni «xavotirli variant» deb e’lon qildi

JSST Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning B.1.1.529 shtammini «xavotirli variant» deb tasnifladi. Tashkilot unga Omikron deb nom berib, uni virusning boshqa shakllariga qaraganda tezroq tarqalishi mumkinligini qayd etdi. 27 noyabr holatiga virusning yangi shtammi 100 ta holatda qayd etilgan.

Muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishiga ruxsat berildi
27 noyabr 2021, 13:34

Muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishiga ruxsat berildi

Prezident muzeylarning daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Ilgari muzeylarga tijoriy faoliyatni amalga oshirish taqiqlangan edi. Xizmat ko‘rsatish chog‘ida muzeylar ashyolar va kolleksiyalar but saqlanishini ta’minlashi kerak.

Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin
27 noyabr 2021, 13:04

Endi yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin

Hukumat qarori bilan endilikda YATTlar 5 nafargacha xodim yollashi mumkin, ilgari 3 nafargacha ruxsat berilgandi. Bunda tadbirkor bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi. Qolaversa, xodim bilan mehnat shartnomasi ham tuziladi.

O‘zbekiston 10 oy ichida $12 mlnlik elektromobillar import qilgan
27 noyabr 2021, 12:50

O‘zbekiston 10 oy ichida $12 mlnlik elektromobillar import qilgan

Yanvar-oktabr oylarida qiymati 12 mln dollariga teng bo‘lgan jami 613 dona elektromobil import qilingan. Ushbu turdagi avtomobillar asosan Xitoydan (551 ta) olib kelingan.

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
27 noyabr 2021, 12:37

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Oqqo‘rg‘on tumanida 26 yoshli fuqaro va uning 24 yoshli turmush o‘rtog‘i is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, ularning o‘limiga zaharlanish, o‘tkir yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi, miya va o‘pkalar shishi sabab bo‘lgan. Vaziyat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun qo‘shimcha 6 mingga yaqin joy tayyorlandi
27 noyabr 2021, 12:03

Virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun qo‘shimcha 6 mingga yaqin joy tayyorlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika bo‘yicha bolalar orasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning davriy ko‘tarilishi kuzatilayotgani sababli shifoxonalarda qo‘shimcha ravishda 5964 ta o‘rin-joy tashkil etilganini ma’lum qildi. Avvalroq, 10 kun ichida poytaxtning o‘zida «Tez yordam»ga bermor bolalar bo‘yicha 13 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushgani aytilgandi.

Qoraqalpog‘istonda jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi YTHda vafot etdi
27 noyabr 2021, 10:49

Qoraqalpog‘istonda jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi YTHda vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda payshanbadan jumaga o‘tar kechasi jazoni ijro etish xizmatining uch nafar xodimi YTH oqibatida vafot etdi. Ular videoselektor yig‘ilishidan chiqib, koloniyaga qaytayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Nima tayyorlaymiz: qatlama xamirdan pishiriqlar
27 noyabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: qatlama xamirdan pishiriqlar

Tovuqli, pishloqli, ismaloq va tuxumli, jem hamda bananli — Zira.uz qatlama xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekiston davlat qarzi 25 mlrd dollardan oshdi
27 noyabr 2021, 10:24

O‘zbekiston davlat qarzi 25 mlrd dollardan oshdi

Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, 1 oktabr holatiga davlat qarzi 25,3 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 38,4 foiz) tashkil etdi. Iyul-sentabr oylarida davlat qarzi qoldig‘ida kuzatilgan o‘sish «davlat budjeti taqchilligining moliyalashtirilishi», «investitsion loyihalarning amalga oshirilishi» hamda 356,4 mln dollar miqdoridagi davlat qarzining so‘ndirilishi bilan izohlanmoqda.

Turkmanistonda 2022 yil «Xalqning Arkadag‘li zamonasi» shiori ostida o‘tadi
26 noyabr 2021, 21:56

Turkmanistonda 2022 yil «Xalqning Arkadag‘li zamonasi» shiori ostida o‘tadi

Turkmanistonda 2022 yilni «Xalqning Arkadag‘li zamonasi» shiori ostida o‘tkazishga qaror qilindi. «Bu shior — baxtli davr asosini yaratgan, xalqni, Vatanni yangi marralar sari yetaklovchi qahramon prezidentimizga yuksak hurmat-ehtiromdir», — deya ta’kidlandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 noyabr 2021, 21:31

Jahon yangiliklari dayjesti

Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishining to‘xtatib qolingani, Rossiyaning Kuzbass viloyatidagi konda yuz bergan falokatda halok bo‘lganlar sonining 52 kishiga yetgani, Pekinning tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yangi choralarni joriy qilayotgani, Shvetsiyada bosh vazirlikka saylangan ilk ayolning 7 soatda iste’foga chiqqani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

26 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 noyabr 2021, 21:30

26 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkent viloyati hokimligi binosi panjaralari olib tashlanishi, Xalq ta’limi vaziri Jomboydagi maktab o‘quvchilarini vaqtincha boshqa binoga ko‘chirish bo‘yicha topshiriq berishi, “O‘zbekneftegaz"ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushirilishi — “Gazeta.uz"ning 26 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda energetika sohasida e’lon qilingan loyihalar bo‘yicha yetakchi — YeOTB
26 noyabr 2021, 19:00

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda energetika sohasida e’lon qilingan loyihalar bo‘yicha yetakchi — YeOTB

O‘zbekiston energetika sohasida e’lon qilingan loyihalar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida 21,8 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari hajmi bilan yetakchi bo‘ldi, deyiladi EOTB hisobotida. Shu bilan birga, bu mablag‘ning yarmi atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha avvalroq e’lon qilingan loyihaga to‘g‘ri keladi.

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushiriladi
26 noyabr 2021, 17:37

«O‘zbekneftgaz»ga tegishli AYOQSHlarda Ai-80 markali benzin narxi tushiriladi

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 26 noyabr kuni soat 20:30dan boshlab Ai-80 markadagi benzinning 1 litri 6890 so‘mdan sotuvga chiqariladi. Qayd etilishicha, respublika hududidagi «O‘zbekneftgaz»ning barcha AYOQSHlarda benzin bo‘lishi ta’minlanadi.

Afrikada koronavirusning yangi, tezroq tarqaluvchi shtammi aniqlandi. JSST yangi shtamm yuzasidan favqulodda yig‘ilish chaqirdi
26 noyabr 2021, 17:33

Afrikada koronavirusning yangi, tezroq tarqaluvchi shtammi aniqlandi. JSST yangi shtamm yuzasidan favqulodda yig‘ilish chaqirdi

JSST dastlab Janubiy Afrika va Botsvanada aniqlangan va kutilganidan ko‘ra tezroq tarqalayotgan koronavirusning yangi shtammini muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish chaqirdi. FT`ning xabar berishicha, hozirda yangi shtamm jami 82 kishida qayd etilgan.

Avstriyadan O‘zbekistonga 150 ming doza vaksina jo‘natildi
26 noyabr 2021, 17:03

Avstriyadan O‘zbekistonga 150 ming doza vaksina jo‘natildi

Avstriyadan O‘zbekistonga COVID-19'ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 150 ming doza «AstraZeneca» vaksinasi jo‘natildi. Qayd etilishicha, ushbu jo‘natma Avstriya hukumati tomonidan beg‘araz yordam va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida taqdim etilgan.

Xalq ta’limi vaziri Jomboydagi maktab o‘quvchilarini vaqtincha boshqa binoga ko‘chirish bo‘yicha topshiriq berdi
26 noyabr 2021, 17:02

Xalq ta’limi vaziri Jomboydagi maktab o‘quvchilarini vaqtincha boshqa binoga ko‘chirish bo‘yicha topshiriq berdi

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov juma kuni tunda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi o‘quvchilar sig‘imi 2 koeffitsentdan oshib ketgan 28 umumta’lim maktabiga bordi. U qishki mavsumda o‘quvchilarning munosib sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash uchun yaqin hududda joylashgan kasb-hunar kollejiga qisqa muddatda ko‘chirish chorasini ko‘rishni so‘radi.

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi homiladorligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
26 noyabr 2021, 16:33

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi homiladorligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqandda 13 yoshli maktab o‘quvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting