12 dekabr Rossiyada UzAuto Motors avtomashinalarini olib ketaytgan avtotreylerda yong‘in chiqdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati

Qayd etilishicha, voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib o‘tish vaqtida sodir bo‘lgan.

Yong‘in Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida yuzaga kelgan. Avtotreyler kabinasidagi alanga avtomobillar bo‘lgan treylerga tarqalib, 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko‘rgan.

Ma’lumotga ko‘ra, barcha tashilgan avtomobillar sug‘urtalangan va rossiyalik mijozga tegishli bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda zaruriy yong‘in-texnik ekspertizasi o‘tkazilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.