Moskvada bo‘lib o‘tgan WEF ligasi turnirida o‘zbekistonlik sportchi ishtirokida ommaviy janjal yuzaga keldi, deb xabar berdi jurnalist Aleksandr Lyutikov.

«Bugun Ivan Yarigin nomidagi jang arenasida WEF ligasi saralash janglari o‘tkazildi, unda Markaziy Osiyo sportchilari o‘z karerasini boshlashga urinishmoqda. Ertalabdan kechgacha qirg‘izistonlik sportchilar o‘zbekistonliklar bilan jang qildi — agar 53 ta jang birorta ommaviy mushtlashuvsiz o‘tsa g‘alati bo‘lar edi. Va u sodir bo‘ldi», — deb yozdi u telegram kanalida.

O‘zbekistonlik sportchi Namazan Samiyev qirg‘izistonlik raqibini tezda mag‘lub etdi va har kim bilan jang qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Ko‘ngilli topilganida esa tashkilotchilar duel o‘tkazishga qaror qilishgan.

Videoda o‘zbekistonlik sportchi jang boshlanishidan avvalroq raqibining boshiga tizza bilan zarba berganini ko‘rish mumkin.

«U nimaga bunday qildi? Nima uchun? Shu kabi savollar bilan 50 kishi aktagonga yugurib chiqishdi», — deb yozdi jurnalist.

Lavhalarda odamlar bir necha marotaba Namazan Samiyevga zarba berishganini ko‘rish mumkin. Uning tarafdorlari esa sportchini o‘rab olib, himoya qilishga urinishgan.

Hodisa yakunida politsiya xodimi o‘zbeklar va qirg‘izlar aka-ukaligini, ularning bu qilig‘i uyat ekanligini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, WEF (World Ertaymash Federation) — «Kulatuu Ertaymash MMA» Jahon milliy kurash federatsiyasining qisqartirilgani nomi. WEF turnirida Markaziy Osiyo va uzoq xorijiy mamlakatlar ishtirok etadi va janglar asosan MMA qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladi.