7 martdan Turkmanistondan quruq va juda iliq havo kirib keladi. Kunduzi harorat +28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +30 darajagacha ko‘tariladi. Biroq 8 va 10 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Qirg‘izistonda ilk bor o‘tayotgan qarlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekistondan faqat taekvondochilar ishtirok etdi. Ular musobaqada 14 ta medal — 3 ta oltin, 2 ta kumush, 9 ta bronza jamg‘ardi.
Bulung‘ur tumanidagi 74 yillik kutubxona yopilib, bino auksionda sotib yuborilgani va xodimlar ishsiz qolgani haqida xabar tarqalgandi. Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti bino eskirgani uchun yopilishi, kitoblar makulaturaga topshirilmasligi va xodimlar ishsiz qolmasligini bildirdi.
Turkiyada 24 kun davomida zilzila oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari Toshkentga qaytdi. Ular jami 3860 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Toshkent va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 400 MVt bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi, Toshkent, Buxoro hamda Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 1 200 MVt bo‘lgan uchta energiya saqlash tizimlari quriladi.
Tijorat banklari 6 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 365 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 380 — 11 430 so‘m.
Bloger Farhod Mannopov (MittiVine)ning vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirini O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Shahrisabzda dam olish kuni choyxonada o‘tirgan IIO xodimi yoniga kelib, uni ruxsatsiz tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan 5 nafar erkak 15 sutkaga qamaldi.
Bloger Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha shifokorlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va shifokorlar qamoqqa olingani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Yangiyer shahrida erkak kollej hovlisida o‘zi va xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Voqeaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
G‘uzor tumanida fuqaro akasi tergovga jalb qilinganiga norozilik sifatida chorva mollarini tuman hokimligi binosi oldiga haydab bordi. Sud qarori bilan u 7 sutkaga qamaldi.
“Nuroniy” gazetasi bosh muharriri, jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga davomli qand kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Toshkentdagi Cho‘lpon ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l 4 aprelga qadar yopildi. Bu vaqtda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Taxiatosh tumanidagi mahallardan birining raisi 31 mln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Uning bir martalik moddiy yordam pullarini asossiz to‘lagani aniqlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish olib bormoqda.
MittiVine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli vayner va bloger Farhod Mannopov 27 yoshda vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u basseynda suzish jarayonida boshidan jarohat olib, so‘ng operatsiya qilingan, ammo operatsiyada komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan
Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabda bolalarga ta’mirtalab xonada yaroqsiz doskada dars o‘tildi. Samarqand XTB doska yangisiga almashtirilganini ma’lum qildi.
Qozog‘istonning Aktobe viloyatida «KamAZ» va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhratjon Sobirov «Interpol» Milliy markaziy byurosi direktori bo‘ldi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchi va ota-onalar uchun muammo hamda takliflarni yo‘llashda platforma — vazirga murojaat portalini ishga tushirdi. «Mazkur taklif va tashabbuslarni shaxsan o‘zim nazorat qilaman», — deydi Hilola Umarova.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting