Yangi yil bayrami arafasida supermarketlar odatda xaridorlar bilan to‘la bo‘ladi. Har bir oilaning o‘z ehtiyojlari bo‘lib, xaridlar ro‘yxati ham bir-biridan farqlanadi. Biroq deyarli har bir xaridlar ro‘yxatida uzoq vaqtdan beri O‘zbekiston aholisini jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar bilan ta’minlab kelayotgan President brendidan nimadir bor. Haqiqiy fransuz sifatini tanlaydiganlar soni ortib borayotgani tufayli ushbu mahsulotlar assortimenti ham doimiy ravishda kengaytirilmoqda. Ko‘p xonadonlarda yangi kun eritilgan yoki tvorogli pishloq bilan tayyorlangan sendvichlar bilan boshlanadi, barakali qattiq va yumshoq President pishloqlarini bayramlarda va boshqa kunlarda dasturxonlarda ko‘rish mumkin.


Mazkur brendning tarixi Fransiyadagi kamamber pishlog‘ini ishlab chiqaruvchi kichik pishloqpazlik korxonasidan boshlangan. Pishloq juda cheklangan miqdorda ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, pishloqpazlarning mehnatsevarligi va mukammallikka intilishlari tez orada avvaliga Fransiyadagi, keyin esa dunyoning yana 150 ta mamlakatidagi iste’molchilarning qalblarini zabt etdi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turlari va toifalari soni doimiy ravishda ko‘payib borganiga qaramay, ularning sifati benuqson bo‘lib, har bir yangi mahsulot doimo o‘z muxlislariga ega bo‘la olishadi. Mana O‘zbekistonda ham President kengayib borayotgan assortimenti bilan xaridorlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Ularning orasida yumshoq «Labne» pishlog‘i, yengilgina «Provans» muss pishlog‘i, Crème de pishloqlari asosidagi lazzatli to‘plam, va mazali porsiyali «Gauda» va «Chedder» pishloqlari va barakali kilolab sotiladigan pishloqlarni topish mumkin.


Pishloqlar bilan birga O‘zbekistonda ko‘p yillardan beri Fransiyada ishlab chiqariladigan President sariyog‘i ham yaxshi tanilgan va o‘z muxlislariga ega. Ite’mlochilar tabiiy qaymoqdan tayyorlangan, konservantlarsiz bu sariyog‘ni nonushtada issiq o‘zbek nonlari bilan ham, pishiriqlarda ham ishlatishni yaxshi ko‘rishadi. Va butun dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekiston do‘konlarida ham bu saryog‘ni 125 grammdan bir kilogrammli rollargacha bo‘lgan qulay qadoqlarda xarid qilish mumkin.


President mahsulotlarining yangi to‘plamida iste’molchilarga turli yog‘lilik miqdori va qo‘llash sohalari mavjud bo‘lgan uch xil qaymoq taqdim etiladi. Choy va qahvani sevadiganlar uchun sut ushbu issiq ichimliklarning xushbo‘y hidini ajoyib darajada to‘ldirib, ularning ta’mini yumshatadi. Sutni yana ikkita turi oshxonada yangiliklarni kiritishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mo‘ljallangan. Shunday qilib, ko‘pirtirish uchun mo‘ljallangan qaymoq shirin mahsulotlari uchun yaxshigina ko‘pirtirilgan kremni yoqtiradingan qandolatchilar uchun mos keladi.

Biroq o‘zingizni bosh oshpaz kabi his qilmoqchi bo‘lib, «restorandagiday» taom tayyorlashni xohlasangiz, yog‘lilik darajasi 23% bo‘lgan souslar uchun qaymoq yordam beradi. U shunchalik yog‘li va quyuq-ki, pishirish jarayonida qavatlanib ketmaydi hamda taomga nafis qaymoqli ta’m va xushbo‘y hid beradi. Bu qaymoq bilan hamma narsa — xoh u pasta uchun qaymoqli sous bo‘lsin, xoh qo‘ziqorinli pyure-sho‘rvasi bo‘lsin — mazali bo‘lib chiqadi.


Navbatdagi yangilik to‘g‘risida bilish sog‘lom ovqatlanish tarafdorlariga qiziqarli bo‘ladi. Bu ishonchli fermer xo‘jaliklaridan olingan sifatli sutdan tayyorlangan a’lo darajadagi President tvorogi. Klassik retsept bo‘yicha tayyorlangan ushbu mahsulot dona-dona tuzilishga ega. Undan toza ko‘rinishida ham lazzatlanish mumkin, murabbo yoki tabiiy meva va rezavorlarni tvorogga qo‘shib, o‘zingizni xursand kilishingiz mumkin.

President ko‘pgina yangiliklarni tayyorlab qo‘ygan va ularning bari mazali. Oilangiz taomnomasini xilma-xil qilishni va yaqinlaringizni bayramona pishiriqlar bilan hayratda qoldirishni istasangiz, ushbu butun dunyoda taniqli brend mahsulotlarini xaridlaringiz ro‘yxatiga kiritishingiz va hayotga lazzat bilan boqishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.