«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish to‘g‘risida qaror 2017 yilda qabul qilingan
9 dekabr 2021, 22:54

«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish to‘g‘risida qaror 2017 yilda qabul qilingan

«Qo‘yliq» bozorini ko‘chirish va Toshkent viloyatida yangi savdo majmuasini qurish to‘g‘risidagi qaror 2017 yildayoq qabul qilingan edi. «Gazeta.uz» bozor ko‘chirilishi rejalashtirilayotgan Food City savdo markazi vakili bilan suhbatlashib, loyihaning boshqa tafsilotlarini ham aniqladi.

9 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
9 dekabr 2021, 22:00

9 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bosh prokuratura Denovdagi portlashda terakt versiyasini rad etgani va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgani, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi, «Qo‘yliq» bozorining ko‘chishi, O‘zbkistonning Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirig‘i, Mizdakxon maqbarasining atrofidagi yerlar yangi qabrlar uchun sotilayotgani, orzudagi Konstitutsiya va avtomobil durdonalari — «Gazeta.uz» ning 9 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Toshkent viloyatida 4 ta avtomobil va bitta avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi — video
9 dekabr 2021, 19:30

Toshkent viloyatida 4 ta avtomobil va bitta avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi — video

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quyuq tuman sababli bir yo‘nalishda oldinma-ketin ketayotgan 4 mashina va bir avtobus to‘qnashdi. YTH natijasida hech kim jarohat olmagan.

Mizdakxon maqbarasi atrofidagi vaziyat Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda
9 dekabr 2021, 19:14

Mizdakxon maqbarasi atrofidagi vaziyat Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda

Qoraqalpog‘istonda Mizdakxon maqbarasi atrofida yangi qabrlar uchun yer sotilayotgani haqidagi xabarlarga Xo‘jayli tumani hokimligi va O‘zbekiston Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi. Ushbu vaziyat ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Toshkentda COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga xiyobon tashkil etiladi
9 dekabr 2021, 18:35

Toshkentda COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga xiyobon tashkil etiladi

COVID-19`dan vafot etgan tibbiyot xodimlari xotirasiga G‘alaba bog‘ida xiyobon tashkil etiladi. Birinchi bosqichda jami 61 ta chinor, qayrag‘och va akatsiya daraxtlari ekiladi.

Pfizer`ning buster dozasi Omikron shtammidan yanada yaxshiroq himoya qila oladi — ishlab chiqaruvchi
9 dekabr 2021, 18:20

Pfizer`ning buster dozasi Omikron shtammidan yanada yaxshiroq himoya qila oladi — ishlab chiqaruvchi

Pfizer-BioNTech kompaniyasi koronavirusning Omicron shtammidan himoya qila oladigan uchinchi doza ustida ishlamoqda. Ushbu doza bilan emlash antitanachalar himoyasini dastlabki ikki dozaga nisbatan 25 baravarga oshiradi. Pfizer mutasaddi tashkilotlar ruxsat bergach, 2022 yildan Omicron`ga qarshi 4 mlrd buster doza ishlab chiqarishni reja qilgan.

Shavkat Mirziyoyev dekabr o‘rtasida Janubiy Koreyaga boradi
9 dekabr 2021, 17:47

Shavkat Mirziyoyev dekabr o‘rtasida Janubiy Koreyaga boradi

17 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Seulda sammit o‘tkazadi. Ular davlatlar o‘rtasida «kelajakka qaratilgan va o‘zaro manfaatli» hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon davlatlar o‘nligiga kirdi — reyting
9 dekabr 2021, 17:45

O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon davlatlar o‘nligiga kirdi — reyting

Britaniyaning Cable portali tuzib chiqqan reytingda O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon davlatlar o‘nligiga kirdi. Ushbu o‘nlikdan Qirg‘iziston va Tojikiston ham o‘rin olgan.

Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Tashkulov lavozimidan ozod etildi
9 dekabr 2021, 17:19

Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Tashkulov lavozimidan ozod etildi

2017 yildan beri adliya vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Akbar Tashkulov lavozimidan ozod etildi. U Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda Mizdakxon maqbarasi atrofidagi yerlar yangi qabrlar uchun sotilayotgani aytildi
9 dekabr 2021, 17:01

Qoraqalpog‘istonda Mizdakxon maqbarasi atrofidagi yerlar yangi qabrlar uchun sotilayotgani aytildi

Qoraqalpog‘istonda X asrga mansub Mizdakxon maqbarasi devorining shundoq tagidan yerlarni mayit ko‘mish uchun sotish boshlangani xabar qilindi. Uch yil muqaddam ushbu hududdagi Shamun Nabi maqbarasi buzib tashlangan, o‘rniga yangi bino barpo etilgan edi.

O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
9 dekabr 2021, 16:35

O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov «Italiya — Markaziy Osiyo» shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvida jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga, qolaversa, muzlatilgan xalqaro aktivlarni qaytarish va mamlakat bank tizimini tiklashda ko‘maklashishga chaqirdi.

Denovdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
9 dekabr 2021, 15:35

Denovdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Denovdagi savdo markazidagi portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Biroq, moddalarning aynan qaysi bandlari bilan ish ochilgani ma’lum qilinmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Yangi hafta boshidan sovuq tushadi
9 dekabr 2021, 12:52

Yangi hafta boshidan sovuq tushadi

Yangi hafta boshidan O‘zbekistonga Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Ëmg‘ir va qor yog‘ishi, tungi vaqtlarda −12 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Xorazmda ayol kishini yo‘lovchi poyezdi urib ketdi
9 dekabr 2021, 12:29

Xorazmda ayol kishini yo‘lovchi poyezdi urib ketdi

Xorazmda 43 yoshli ayol «Istiqlol-Urganch» yo‘nalishida ketayotgan yo‘lovchi poyezdining urib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.

«Qo‘yliq» bozori Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi
9 dekabr 2021, 12:10

«Qo‘yliq» bozori Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

«Qo‘yliq» bozori hozirgi joyidan 6,5 km uzoqlikdagi «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chiriladi. Markaz nomiga «Yangi Qo‘yliq dehqon bozori» so‘zlari qo‘shildi.

Bosh prokuratura Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi
9 dekabr 2021, 11:26

Bosh prokuratura Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi Denovdagi portlash bo‘yicha terakt versiyasini rad etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga taxminan bino ichida bir necha soat davomida gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Chaqnash oqibatida 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani aytilmoqda. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov yetkazilgan zarar davlat tomonidan to‘liq qoplab berilishiga ishontirmoqda.

Olaf Shols Germaniyaning yangi kansleri etib saylandi
8 dekabr 2021, 15:22

Olaf Shols Germaniyaning yangi kansleri etib saylandi

2018 yildan buyon moliya vaziri va vitse-kansler lavozimlarida ishlab kelayotgan Sotsial-demokratik partiya a’zosi Olaf Shols Germaniya federal kansleri etib saylandi. Uning nomzodini Bundestagning 395 deputati qo‘llab-quvvatladi.

DXX respublika bo‘yicha jami 24,5 kgdan ortiq giyohvand moddalarni musodara qildi
8 dekabr 2021, 14:51

DXX respublika bo‘yicha jami 24,5 kgdan ortiq giyohvand moddalarni musodara qildi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tekshiruvlarda jami 5,450 kg «opiy», 19,2 kg «gashish» hamda 2990 dona «Tramadol» aniqlanib, musodara qilindi.

Tuman sababli O‘zbekiston aeroportlarida bir necha reyslar kechiktirildi
8 dekabr 2021, 13:57

Tuman sababli O‘zbekiston aeroportlarida bir necha reyslar kechiktirildi

Quyuq tuman tushgani sababli Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan, Toshkentdan Urganch va Nukusga amalga oshirilgan parvozlar kechiktirildi.

Madaniyat vazirligi xodimlari ish faoliyati davomida do‘ppi kiyishni boshladi
8 dekabr 2021, 10:07

Madaniyat vazirligi xodimlari ish faoliyati davomida do‘ppi kiyishni boshladi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlik xodimlari ish faoliyati davomida do‘ppi kiyishni rejalashtirganini ma’lum qildi. U buni qadriyatlarni hayotga qaytarish deb atab, barcha soha xodimlarini mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting