Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 14 dekabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 18,81 so‘mga ko‘tarildi va 10 826,49 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 7,15 so‘mga ko‘tarildi va 12 200,15 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,48 so‘mga ko‘tarildi va 147,43 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,75 so‘mga ko‘tarilib, 10 807,48 so‘mni tashkil qilgandi.