Uzum raqamli ekotizimi 100 million dollardan ortiq mablag‘ jalb etdi. Bu bilan u qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan O‘zbekiston tarixidagi birinchi “yakkashox” (xususiy mulk bo‘lgan va aksiya bozorida ro‘yxatga olinmagan, qiymati 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan startap kompaniyalar shunday ataladi — tahr.) aylandi, deyiladi kompaniya press-relizida. Kapitalga kiritilgan investitsiyalar 50 million dollardan ortiqni tashkil etdi va kompaniya ilgari qarz mablag‘lari ko‘rinishida 50 million dollardan ortiq mablag‘ni jalb qilgan.

“Series A”da lid-investor sifatida FinSight Ventures global venchur fondi (Intercom, ThoughtSpot, Automation Anywhere, Toss, GupShup, Razorpay, Bumble, Rappi, Carta va boshqalarga sarmoya kiritgan), Xanara Investment Management (Fors ko‘rfazi mintaqasiga ixtisoslashgan Hindiston boshqaruv kompaniyasi) va bir qator Uzum rahbarlari raundga izdosh sifatida qo‘shildi.

Raund yakunlariga ko‘ra investorlar 5 foizdan kamroq ulushga ega bo‘ladi. 2024-yil davomida Uzum Yaqin Sharq, Buyuk Britaniya va AQSh mablag‘lari ishtirokida yana 200 million dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda.

2022-yilda yaratilgan mazkur kompaniya 2024-yilda onlayn savdo uchun mamlakatdagi eng yirik logistika majmuasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda va shu yili elektron tijorat aylanmasini 2,5 barobar oshirishni kutmoqda. Uzum, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik va o‘rta biznesni kafolatsiz kreditlash sohasida bir qator ekotizim mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Uzum raund doirasida yig‘ilgan mablag‘ni IT va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, o‘zining to‘lov xizmatini moliyalashtirishga yo‘naltirishni reja qilyapti.

Uzum kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Jasur Jumayevning so‘zlariga ko‘ra, har oyda O‘zbekistonning 10 milliondan ortiq aholisi Uzum xizmatlaridan foydalanadi. O‘tgan yil davomida kompaniya 100 million dollarga yaqin sof foyda oldi. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni, jumladan, Uzum ekotizimiga xizmatlarni integratsiyalash hisobiga oshirish rejalashtirilgan. 2023-yilda foydalanuvchilar soni va buyurtmalar bo‘yicha e-commerce yo‘nalishida kompaniya, o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb 150 million dollarlik aylanmasi bilan O‘zbekistondagi eng yirik onlayn platformaga aylandi.

Uzum ekotizimida jismoniy shaxslar hamda kichik va o‘rta biznes uchun e-commerce, moliviy texnologiya va bank xizmatlari: маркетплейс, tezkor yetkazib berish xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL xizmati (“buy now, pay later” yoki bo‘lib to‘lash), avtomobil sotib olish uchun platforma, shuningdek, tadbirkorlar uchun ilova mavjud. Ekotizimning barcha komponentlari endi ikkita super ilovaga integratsiya qilinmoqda: jismoniy shaxslar uchun Uzum va yuridik shaxslar uchun Uzum Business.

Uzum`ning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026-yilga borib mamlakatda onlayn to‘lovlar bozori hajmi 6 barobar, elektron tijorat bozori 8−9 barobar, moliviy texnologiya 8 barobarga o‘sadi, — dedi Uzum strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Nikolaĭ Seleznev.

KPMG mamlakatdagi e-commerce bozorini Markaziy Osiyoda eng tez rivojlanayotgan bozor sifatida baholaydi, kelgusi 5 yil ichida 7 karra o‘sish potensialiga ega. Shu bilan birga, 2023-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 6 foizga o‘sdi va kelgusi 7 yil ichida O‘zbekiston uni ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi va faol raqamlashtirilishi uchun imkoniyatlar orasida mutaxassislar Internet, yosh aholi, shuningdek, bank va moliyaviy xizmatlarning hozircha past darajada kirib borishini ta’kidlaydi.