BYD elektr va gibrid avtomobillarining tartibsiz importiga joriy qilinadigan cheklov haqidagi so‘nggi xabarlar O‘zbekiston aholisi va avtomobil ishqibozlari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu ma’lumot prezident Shavkat Mirziyoyevning 18-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr va gibrid avtomobillar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsiya bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida keltirilgan. BYD (Xitoy) vakili Ivan Sao intervyuda mazkur qaror bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr bildirdi, shuningdek, ishlab chiqaruvchining O‘zbekistondagi biznesni rivojlantirish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘zbekiston Respublikasi prezidentining yangi qarori BYD kompaniyasining yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlashini aks ettiradi. Yaqin kelajakda BYD`ning rejalari qanday?

— 2023-yilning 16-mart oyida BYD loyihasi O‘zbekistonda rasman ishga tushirilgan bo‘lib bunga roppa rosa bir yil bo‘ldi. O‘tgan yil davomida BYD mahalliy savdo kanallari va xizmat ko‘rsatish markazlarini rivojlantirishni ilgari surdi va hukumat bilan kelishilgan investitsiyaviy va ishlab chiqarish rejalarini amalga oshirishni boshladi. Bugungi kunga qadar biz O‘zbekistonda 15 ta avtosalon qurdik va Toshkent shahrining har 5 kilometrda rasmiy BYD dillerlik markazlarini va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish markazlariga atigi 20 daqiqada yetib borish mumkin. Bu yil bizning dilerlik markazlarimiz O‘zbekistonning barcha hududlarda ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, biz har bir iste’molchiga BYD avtomobillarini sotib olish va sotishdan keyingi xizmatdan foydalanishda qulay imkoniyatlarni taqdim etishni maqsad qilganmiz.

2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi chog‘ida Jizzax viloyatida ishlab chiqarish loyihamizning rasman ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi va hozirda ishlab chiqarish liniyasining yakuniy o‘rnatish va sozlash ishlari olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, 2024 yilning uchinchi choragida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi energiya manbalari yordamida harakatlanuvchi avtomobillarni ommaviy yetkazib berishni boshlaymiz.

Hamkorlarimiz bilan birgalikda o‘zbekistonlik iste’molchilarga eng yaxshi va ishonchli avtomobillarni yetkazib berishni ta’minlash maqsadida eng so‘nggi rusumli ishlab chiqarish qurilmalariga va zamonaviy ishlab chiqarish uskunalariga katta miqdorda sarmoya kiritdik. Birinchi bosqichda, zavodning ishlab chiqarish quvvati 50 000 donaga mo‘ljallangan bo‘lib bunda 3 modeldagi avtomobil rusumlari ishlab chiqariladi, kelgusida bozor talabidan kelib chiqib mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarimizni kengaytirishda davom etamiz.

Bu yil biz rasmiy sotuvlar uchun modellar sonini 10 tagacha oshiramiz, bu esa iste’molchilar tanlovini sezilarli darajada boyitadi. Shu bilan birga, iste’molchilarning kutish vaqtlarini qisqartirish maqsadida barcha modellarni yetkazib berish hajmini kengaytiramiz.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining va BYD`ning yuqori rahbariyati tomonidan ilgari surilgan uzoq muddatli rivojlanish rejasini amalga oshirishni davom ettiramiz va mahalliy talab va shartlarga muvofiq eng yaxshi mahsulotlarni yetkazib berish uchun ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtiramiz. Ko‘proq iste’molchilarga yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarni qulay narxda tanlash imkoniyatini beramiz.

Toshkentdagi BYD shourumi. Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.Toshkentdagi BYD shourumi. Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.

— Prezident qarorida Investor hukumatga mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga mos kelmaydigan, shuningdek, rasmiy kafolatga ega bo‘lmagan elektromobillarning tartibsiz importini cheklash to‘g‘risida murojaat qilgan. Buning zamirida qanday mulohazalar yotadi?

— BYD har doim mijozlarga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish tajribasiga sodiq bo‘lib keladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston bozorida norasmiy kanallar orqali import qilingan ko‘plab BYD markali avtomobillar mavjud. Ushbu avtomobillar sotish jarayonida mahalliy iqlim va atrof-muhitga muvofiqligi tekshirilmagan. Avtomobillar importi manbasining murakkabligi tufayli avtomobillar rasmiy eksport standartlariga javob beradigan holatda ekanligini tasdiqlashning iloji yo‘q.

Ayni paytda bozorda iste’molchilarni aldash va chalg‘itish maqsadida noqonuniy ravishda ko‘plab o‘zini rasmiy diler deb tanishtirayotgan va BYD tovar belgilarini reklama uchun ishlatayotganlar mavjud, bu BYD brendi obro‘siga katta tasir ko‘rsatdi.

Norasmiy kanallar orqali olib kelingan ba’zi avtomobillar, hatto rasmiy moslashtirilgan avtomobillar bilan bir xil funksionallikka erishish uchun qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlarni amalga oshirmoqdalar, oqibatda ular avtomobillarni normal ishlatish imkoniyatini yo‘qotadilar. Ushbu muammolar BYD avtomobillarini tanlagan iste’molchilar uchun juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi.

Kafolat yo‘qligi va texnik xizmat ko‘rsatishning professional emasligi sababli, ushbu avtomobillar iste’molchilar tomonidan uzoq muddat foydalanish uchun muayyan yashirin xavflarni ham keltirib chiqaradi, bu BYDning iste’molchilar uchun javobgar bo‘lish falsafasiga ziddir.

BYD O‘zbekistonda uzoq muddatli rivojlanish rejasiga ega va kompaniya o‘z brendi obro‘sini saqlab qolishi va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishi kerak. Shu bilan birga, sog‘lom rivojlanish uchun barcha mahalliy ishlab chiqarish va savdo hamkorlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishimiz kerak.

— Sifatli elektromobillarni xarid qilishda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlariga kelsak, BYD o‘zining boshqa tajribasi bilan o‘rtoqlasha oladimi?

— Darhaqiqat, 2021-yilda mahalliy hukumat bilan hamkorlik qilishni boshlashimiz bilanoq, O‘zbekistonga Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtotransport vositalarini muvaffaqiyatli rivojlantirish tajribasidan saboq olishni tavsiya qila boshladik.

2024-yilning mart oyida Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarining ichki bozordagi ulushi 48,2 foizga yetdi, ya’ni sotilgan har ikki avtomobildan biri yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositasidir. Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvcha transport vositalari ham 2023-yilda 7,88 million donaga yetadi, bu dunyodagi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarining 60 foizni tashkil qiladi.

Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillari sanoati texnik standartlar, qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘yicha tizim qurilishida ko‘plab tajriba to‘pladi, bu esa O‘zbekistonga yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini ishlab chiqish yo‘lida aylanma yo‘llardan qochishga yordam beradi.

2015-yil may oyida Xitoy Fan va texnologiya vazirligi “Moliya vazirligi, Fan va texnologiya vazirligi, Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi hamda Rivojlanish va islohotlar komissiyasining 2016−2020-yillarda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini ilgari surish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash siyosati” to‘g‘risidagi sirkulyarini chiqardi.

Unda yangi elektr transport vositalarini ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga quvvat akkumulyatorlari, dvigatellar, dvigatel kontrollerlari va boshqa energiya saqlash qurilmalari uchun sifat kafolatlarini, avtomobil ishlab chiqaruvchilardan esa kamida sakkiz yil yoki 120 000 kilometr masofani kafolatlashni talab qilingan (qaysi biri birinchi bo‘lsa). Majburiy kafolat standartlari har bir xitoylik iste’molchiga mahsulot muammolari haqida qayg‘urmaslik imkonini beradi.

Biroq, O‘zbekistonda iste’molchilarga 150 000 km ekvivalent quvvat blokiga rasmiy sakkiz yillik kafolat va 150 000 km ekvivalent masofaga ega avtomobilga olti yillik kafolatni taqdim etuvchi BYD`dan tashqari, ko‘p sonli savdo kompaniyalari va jismoniy shaxslar tomonidan kafolat yo‘q yoki faqat qisqa kafolat muddatiga ega yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari import qilinadi. Natijada, butun avtomobil narxining taxminan 30 foizini tashkil etadigan akkumulyator bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda, iste’molchilar uni ta’mirlashga katta xarajat qiladilar.

Shu bilan birga, butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqariladigan elektromobillar O‘zbekiston bozoriga hech qanday kafolatsiz olib kirilayotganligi sababli, oddiy iste’molchi elektromobilning texnik afzalliklarini yoki hatto uning holatini aniqlay olmaydi, bu esa yo‘l-transport hodisasi yuz berganda iste’molchiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin.

BYD har doim “xavfsizlik-elektr transport vositalarining eng katta ustunligi” ekanligini aytadi va bu xavfsizlik nafaqat texnologiyani tanlashda, balki transport vositalarining bozorga erkin kirib kelishining oldini olish uchun ishlab chiqarish va ta’minot kanallarini nazorat qilishda ham o‘z ifodasini topadi. Ushbu oqibatlar brendga nisbatan ishonchsizlikka va iste’molchilarning huquq va manfaatlarini yo‘qotilishiga olib keladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston iqlimi va infratuzilmasi Xitoynikiga o‘xshash, ammo bir xil emas: yozda yuqori harorat va so‘nggi yillarda qishda tez-tez sodir bo‘ladigan haddan tashqari past haroratlar, yo‘ldagi, yoqilg‘i va elektr energiyasi sifatidagi farqlar, shuningdek, foydalanish odatlaridagi farqlar — bularning barchasi avtomobilning haqiqiy ishlashiga tasir qiladi. Shuning uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarining mahalliy moslashuvchanligini sinchkovlik bilan sinashlari kerak.

Shuningdek, biz turli xil yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillari ishlab chiqaruvchilarini tegishli mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va mahalliy rasmiy hamkorlar bilan iste’molchilarga sotuvdan keyingi oqilona kafolat xizmatlarini taqdim etish uchun xizmat ko‘rsatish tizimlari va mahsulot matritsalarini yaratish va mahalliy foydalanish ssenariylariga mos keladigan avtomobil mahsulotlarini sinovdan o‘tkazishga va iste’molchilar avtomobillarni sotib olayotganda va undan foydalanayotganda tashvishlanmasligiga chaqirishda davom etamiz.

Rasmiy ravishda sotib olingan BYD avtomobillari bir qator farqlarga ega. Foto: BYD.Rasmiy ravishda sotib olingan BYD avtomobillari bir qator farqlarga ega. Foto: BYD.

-Ko‘pgina iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi import qiluvchilarning xarajatlarini oshishi va shu orqali elektr transport vositalari narxini oshishi va BYD ham ushbu chora-tadbirlar orqali raqobatni cheklashidan xavotirda, bu haqda qanday fikrdasiz?

— BYD kompaniyasining fikriga ko‘ra, bu mahsulot sotuvchisi ko‘tarishi kerak bo‘lgan barcha zarur xarajatlardir. Darhaqiqat, sanoat kengayib borishi bilan mahsulot va xizmatlar narxi asta-sekin pasayadi. Oxirgi uch yilda O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar savdosi to‘rt barobar oshdi, mahsulotlar arzonlashdi, narxlar esa raqobatbardosh bo‘ldi. Bular iqtisodiy islohotlar va butun O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi samarasidir.

Ushbu chora-tadbirlar raqobatni cheklamaydi, aksincha, ko‘proq ixtisoslashgan korxonalar iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishi uchun uning chegarasini oshiradi va keyin masshtab effekti orqali xarajatlarni kamaytiradi, bu esa pirovardida ko‘pchilik iste’molchilarga foyda keltiradi.

BYD O‘zbekiston bozoriga kirganidan so‘ng o‘tgan yil davomida biz rus tilidagi ovozli yordamchi, o‘zbek tilidagi avtomobil tizimi va 4G bulutli xizmat funksiyasini ishga tushirdik, bu mahalliy iste’molchilarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi, shuningdek, O‘zbekistondagi mahalliy xavfsiz axborot tarmog‘iga tayangan holda avtomobil egalari va foydalanuvchilari ma’lumotlarining maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlash uchun Toshkentdagi ma’lumotlar markaziga sarmoya kiritdik.

Biz ba’zi modellarimizda konditsioner kompressorini yozning yuqori haroratida konditsionerning sovitish samaradorligini hisobga olgan holda yangiladik va uning quvvatini oshirdik. DM-i supergibrid haydovchi boshqaruvi hozirda avtomobilning energiya samaradorligi va mahsulot barqarorligini yanada yaxshilash uchun mahalliy yoqilg‘i sifati holatiga moslashtirilmoqda.

Shu bilan birga, biz sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va ehtiyot qismlar omborlarining umummilliy tarmog‘ini yaratdik, aprel oyida esa mahalliy iste’molchilarga har tomonlama xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan yangi xizmat ko‘rsatish call-markazi ochiladi.

Bir necha kun avval Xitoyning yana bir avtomobil brendi O‘zbekistonga rasman kirib kelganidan juda mamnunmiz, bu iste’molchilarga mahsulot tanlash uchun ko‘proq imkoniyatlar va rasmiy kanallar orqali ishonchli sotuvdan keyingi xizmatni taqdim etadi.

BYD yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lganligi sababli, kelajakda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarining yanada ko‘proq brendlari O‘zbekistonda rasmiy kanallar yaratish va professional xizmatlar ko‘rsatish orqali rivojlanish yo‘limizni davom ettirishiga ishonamiz. Biznes-maqsadga to‘liq raqobat orqali erishiladi.

Shu bois, O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari tanlovi faqat o‘sib borishiga, narx pastroq bo‘lishiga va xizmat ko‘rsatish yaxshilanishiga ishonamiz. Buning uchun hukumat va biznes tomonidan qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, shuningdek, iste’molchilar tomonidan nazorat va tushunish talab etiladi.

-Hozirgi vaqtda Xitoy bozorida yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillari narxlari o‘rtasidagi raqobat juda kuchli va ko‘plab avtomobil kompaniyalari narxlarni pasaytirmoqda, BYD endi O‘zbekistonda o‘z mahsulotlari narxini moslashtiradimi?

— Xitoyning yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillari bozori o‘ta kuchli raqobat bosqichiga kirdi, murakkab va beqaror vaziyat sanoat o‘zgarishlari va raqobat muhitini tezlashtiradi. Hozirgi vaqtda Xitoy bozorida ma’lum elektromobil modellari uchun narxini pasaytirish hozirgi bosqichda bozor strategiyasidir, ammo narxlarning o‘ynashi oxir-oqibat raqobat sharoitida barqarorlashadi. Tez o‘zgarishlar davrida iste’molchilar uchun barqaror va raqobatbardosh avtomobil mahsulotlarini tanlash ayniqsa muhimdir.

Eng yirik shaxsiy iste’mol mahsulotlaridan biri sifatida, haydash atributlaridan tashqari, iste’molchilar uchun muhim ko‘rsatkich avtomobil narxining saqlanishi ham hisoblanadi. BYD O‘zbekistonda ishga tushirilganidan buyon o‘z mahsulotlari qiymatini oshirish va saqlash, qo‘shimcha xizmatlar va kafolat tizimlarini taqdim etish orqali iste’molchilarga narx va sifat mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha qat’iy ish olib bormoqda.

Kelgusi bir necha oy ichida iste’molchilarga ko‘proq tanlov imkonini berish uchun bozorda yangi modellar va yangi konfiguratsiyalar paydo bo‘ladi. Shuningdek, biz mahalliy ishlab chiqarilgan modellarni mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarilayotganda arzonroq narxlarni taklif qilamiz va mahsulot tannarxini bosqichma-bosqich pasaytiramiz.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining o‘tgan yilgi 443-sonli qaroriga muvofiq, BYD ham mahalliy ishlab chiqarilgan yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar uchun kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkalarini joriy etishni faol ilgari surmoqda va biz hukumat va banklarning to‘liq hamkorligi tufayli joriy yilning ikkinchi yarmida BYD mahsulotlarini yoqtiradigan iste’molchilar o‘zlarining sevimli yangi BYD energiyadagi avtomobillarini turli xil darajadagi narxlarda sotib olishlari mumkin, bu esa hammaga haqiqatan ham foyda keltiradi.

— BYD hozirda asosan plagini gibrid PHEVlarni ishlab chiqaradi, sof elektr BEV`lar ishlab chiqarish rejalashtirilganmi va BYD kelajakda O‘zbekistonda o‘z mahsulotlarini qanday boyitadi?

Birinchi bosqichda 50 000 dona yangi energiya manbalari yordamida harakatlanuvchi avtomobillarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan va joriy yilning o‘zida avtomobillarning bir necha xili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, 2024-yilning oxiriga qadar biz turli xil avtomobil modellarini, jumladan, shahar ichida qisqa masofalarga sayohat qilish uchun va viloyatlar orasidagi shaharlararo sayohatlargacha bo‘lgan masofalarni bosib o‘ta olishni qondirish uchun mini-avtomobillardan tortib yirik hashamatli sedanlar, SUVlar va MPVlargacha bo‘lgan BYD`ning barcha avtomobil lineykasini qamrab oluvchi kamida 10 ta modelni sotish rejalashtirilgan.

Shuningdek, biz iste’molchilarga eng so‘nggi va ilg‘or BYD texnologiyalari va mahsulotlari bilan tezroq tanishish imkonini berish uchun mahalliylashtirilgan modellarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish sur’atlarini tezlashtiramiz.

Shu bilan birga, biz O‘zbekistondagi iste’molchilar yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini boshqarishning yangi innovatsion afzalliklarini to‘liq his qilishlari uchun mahsulotlarimiz funksionalligini kengaytirish va ulardan foydalanish tajribasini yaxshilashni davom ettiramiz.