Iqtisodiyot

2020 yilda O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish darajasi o‘rganildi
15 iyun 2021, 14:08

2020 yilda O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish darajasi o‘rganildi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi yutuqlarga qaramasdan, pandemiya biznesga qiyinchiliklar tug‘dirdi. Tadbirkorlarning davlat oldidagi qarzi 3,4 barovarga, muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63%ga oshdi. Respondentlarning 44% majburiy homiylik bilan shug‘ullangan.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor ko‘tarildi
14 iyun 2021, 17:07

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11,96 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 609,00 so‘m etib belgilandi. Rubl va yevro kurslari esa biroz pasaydi.

Jahon banki O‘zbekiston shaharlarini rivojlantirishga $100 mln ajratadi
14 iyun 2021, 13:06

Jahon banki O‘zbekiston shaharlarini rivojlantirishga $100 mln ajratadi

Jahon banki Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi shaharlarning munitsipal xizmatlari va infratuzilmalarini yaxshilash ishlari uchun $100 mln ajratadi.

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi
14 iyun 2021, 10:42

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etgan. Shu jumladan, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan.

O‘zbekiston o‘tgan 4 oyda xorijdan 630 mingga yaqin mobil telefon import qildi
13 iyun 2021, 11:03

O‘zbekiston o‘tgan 4 oyda xorijdan 630 mingga yaqin mobil telefon import qildi

O‘zbekiston yanvar-aprel oylari davomida xorijdan qiymati 45,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 628 ming 885 dona mobil telefonlar import qilgan.

Markaziy bank 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi
11 iyun 2021, 17:08

Markaziy bank 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi

Markaziy bank hududlardagi banklarda plastik kartalari mavjud fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda kuzatilgan qoidabuzarliklar sababli 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalarini e’lon qildi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor ko‘tarildi
11 iyun 2021, 16:41

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi bor ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 597 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa pasaydi.

Tojikistonda quriladigan ikkita GESning qiymati 550 mln dollarga baholanmoqda — Alisher Sultonov
11 iyun 2021, 15:16

Tojikistonda quriladigan ikkita GESning qiymati 550 mln dollarga baholanmoqda — Alisher Sultonov

Energetika vaziri Alisher Sultonovning xabar berishicha, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari qurilishi haqida kelishib olgan ikkita gidroelektrostansiyaning qiymati 550 mln dollardan oshishi kutilmoqda. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, GESlar O‘zbekiston ehtiyoji uchun 1,4 milliard kVt/soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
10 iyun 2021, 15:31

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ma’lum qilinishicha, may oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etib, aprel (10,7 foiz) oyiga nisbatan biroz tezlashgan.

Deputatlar iqtisodchining energetika sohasida islohotlar qachon boshlanishi haqidagi savolini tanqid qildi
10 iyun 2021, 13:28

Deputatlar iqtisodchining energetika sohasida islohotlar qachon boshlanishi haqidagi savolini tanqid qildi

Qonunchilik palatasining ikki nafar deputati iqtisodchi Yuliy Yusupovning O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish qachon boshlanishi so‘rab, e’lon qilgan postini tanqid ostiga oldi. Xalq vakillarining ta’kidlashicha, mamlakat energetika sohasida allaqachon, salmoqli ishlar bajarilgan, hozirgi uzilishlar esa — «yillar davomida to‘planib qolgan muammolarning oqibati».

O‘zbekiston va Qatar o‘zaro aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi
9 iyun 2021, 17:44

O‘zbekiston va Qatar o‘zaro aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qatar «Doha-Toshkent-Doha» yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia qatnovlarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladi.

Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi
9 iyun 2021, 17:00

Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi

10 iyundan boshlab seshanba va payshanba kunlari Toshkentdan Moskvaga yana ikkita muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘shimcha reyslar seshanba kuni Uzbekistan Airways tomonidan va payshanba kuni «Aeroflot» tomonidan amalga oshiriladi.

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy bekor qilindi
9 iyun 2021, 16:56

Toshkentda tashqi reklama obyektlariga moratoriy bekor qilindi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi 31 dekabrgacha e’lon qilingan tashqi reklama obyektlarini joylashtirish, o‘rnatish, o‘zgartirish va pasportlarining berilishiga moratoriyni bekor qildi. Kengash 4 iyunda avvalgi qaroriga o‘zgartirishlar kiritgan, ammo bu haqda hali e’lon qilinmagan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
9 iyun 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 16 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 571 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda
9 iyun 2021, 15:26

O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda

Birinchi O‘zbekiston — Tojikiston investitsiyaviy forumi Boxtarda bo‘lib o‘tdi. Unda 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston — Tojikiston jamg‘armasi tashkil etilgani ma’lum qilindi. Forum yakunida avtomobil va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha bitimlar ham imzolandi.

Air Astana O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
9 iyun 2021, 13:27

Air Astana O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasiga Turkiston — Toshkent — Turkiston va Olmaota — Samarqand — Olmaota yo‘nalishlarida O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi 4,8 foizni tashkil qiladi — Jahon banki
9 iyun 2021, 12:02

2021 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi 4,8 foizni tashkil qiladi — Jahon banki

Jahon bankining prognoziga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 4,8 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida esa iqtisodiy o‘sishning 3,7 foizgacha tiklanishi kutilmoqda.

Davlat xaridlarida import o‘simlik yog‘iga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq olib tashlandi
8 iyun 2021, 22:26

Davlat xaridlarida import o‘simlik yog‘iga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq olib tashlandi

Hukumat davlat xaridlarida ishtiroki taqiqlangan 529 turdagi tovar ro‘yxatidan o‘simlik yog‘ini chiqardi. 2020 yilda O‘zbekistonda 450 ming tonna o‘simlik yog‘i sotilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi import qilingan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi
8 iyun 2021, 16:38

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan bo‘lib, 1 iyun holatiga ko‘ra 35,5 mlrd dollardan ortiqni tashkil qilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
8 iyun 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 22,84 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 554,96 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting