Davron Abdulpattaxovich Hidoyatov va Aleksandr Saxapov Aleksandrovich “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xususan, Aleksandr Saxapov raisning sotuvni rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosar bo‘ldi. U 1982-yilda tug‘ilgan, Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.

александр сахапов, даврон ҳидоятов, ўзавтосаноат

Saxapov 2003-yildan buyon “O‘zavtosanoat” va UzAuto Motors kompaniyalarida turli lavozimlarda ishlagan. Ushbu tayinlovga qadar u UzAuto Motors kompaniyasining savdo va avtoservis bo‘yicha boshqaruvchi direktori bo‘lgan.

Bundan tashqari, olti yil davomida u bosh ekspert sifatida avtomobilsozlik sanoati masalalari bilan shug‘ullangan, so‘ngra, Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiyani rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti mashinasozlik sektori mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Davron Xidoyatov boshqaruv raisining investitsiyalar va rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U 1976-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

александр сахапов, даврон ҳидоятов, ўзавтосаноат

1996−2004-yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004−2005-yillarda “Osiyo-Invest Bank” (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 2009-yildan 2012-yilgacha GM Uzbekistan kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012-yildan 2014-yilgacha MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.

Xidoyatov 2021-yilning noyabridan 2024-yilning 14-martiga qadar Chirchiq shahri hokimi bo‘lgan. U 2021-yilning yanvar oyida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, mart oyida esa viloyat hokimi sifatida ish boshlagan. Ammo o‘sha yilning noyabr oyida lavozimidan ozod etilib (uning o‘rniga Zoyir Mirzayev kelgan), Chirchiq shahri hokimiyati rahbarligiga o‘tkazilgandi.

Zoyir Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, uning hokimlik davrida Chirchiqda “aholining uy-joyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkinligiga ishonchi yo‘qolgan”, chunki tumanda uy-joy sotishda “shapka” va “otkat” olingan. Viloyat hokimi iyul oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davron Xidoyatovni tanqid qilib, Chirchiq shahridagi ko‘chmas mulklarni sotishda korrupsion sxema mavjudligini ta’kidlagan.