Iqtisodiyot

O‘zbekistonga 2024-yilda 24 mingdan ortiq elektromobil import qilindi
7 fevral 2025, 10:30

O‘zbekistonga 2024-yilda 24 mingdan ortiq elektromobil import qilindi

2024-yilda O‘zbekistonga 224,8 million dollarlik 24 095 ta elektromobil olib kirildi. Ulardan 23 982 tasi Xitoydan import qilingan.

Prezident kimyo sanoatida investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirishni buyurdi
6 fevral 2025, 21:57

Prezident kimyo sanoatida investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirishni buyurdi

Prezident yig‘ilishida qayd etilishicha, yirik kimyo zavodlari faoliyati hali zamon talablari darajasida emas. Shu sababli ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish, yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini karrasiga ko‘paytirish, korxonalarni raqamlashtirib, quvvatlardan oqilona foydalanish buyurildi.

“Faollikning pasayishi va narx korreksiyasi”. 2024-yilda O‘zbekistonda uy-joy bozori qanday o‘zgardi?
6 fevral 2025, 21:20

“Faollikning pasayishi va narx korreksiyasi”. 2024-yilda O‘zbekistonda uy-joy bozori qanday o‘zgardi?

2024-yilda Toshkentda ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi 1,8% — kv. m uchun 1190 dollargacha pasaydi (2023-yilda — 30% o‘sish), yer esa 2,9% arzonladi — sotixiga 352 mln so‘m. Avvalroq MB ehtimoliy narx korreksiyasidan ogohlantirgandi. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar soni 2,2% kamaydi.

O‘zbekiston Malayziya bilan muhim resurslar sohasidagi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdi
6 fevral 2025, 16:06

O‘zbekiston Malayziya bilan muhim resurslar sohasidagi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston Malayziyaning uchta yetakchi kompaniyasi bilan muhim minerallar sohasida qo‘shma loyihalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Bundan tashqari, Malayziya o‘zbekistonlik mutaxassislarni yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqarish sohasida o‘qitishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Malayziyaning Meraque kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ishlab chiqarishi mumkin
6 fevral 2025, 13:57

Malayziyaning Meraque kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun dronlar ishlab chiqarishi mumkin

Malayziyaning Meraque kompaniyasi Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida dron va qishloq xo‘jaligining aqlli texnologiyalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya loyihaga 4,5 mln dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

2024-yilda aholining real daromadlari oshdi, biroq hududlararo farq ortdi
5 fevral 2025, 21:32

2024-yilda aholining real daromadlari oshdi, biroq hududlararo farq ortdi

2024-yilda aholining real daromadlari 8,1% o‘sdi, bu 2023-yildagi ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori. Shu bilan birga, eng boy uchta va eng kambag‘al uchta hudud o‘rtasidagi aholi jon boshiga daromadlar farqi 2,4 baravargacha oshdi. Uchta viloyatda real daromadlar sezilmas darajada o‘sdi.

Ulushdorlar quruvchini elektron platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
5 fevral 2025, 20:50

Ulushdorlar quruvchini elektron platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan uy-joy qurilishi bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Unda quruvchilar loyihasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi kerak. Xaridor platformada quruvchining reytingi, avvalgi ishlari, muddatlarga amal qilishi va boshqa ma’lumotlarni tekshirishi mumkin bo‘ladi.

SI, raqamlashtirish, “aqlli” shaharlar: O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
5 fevral 2025, 20:14

SI, raqamlashtirish, “aqlli” shaharlar: O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi

O‘zbekiston prezidentining Malayziyaga tashrifi chog‘ida ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarida hamkorlik bo‘yicha bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, “yashil” energetika, “aqlli” shaharlar iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ladi.

Toshkentdagi bozorlarda kunlik patta narxlari oshishi mumkin
5 fevral 2025, 15:19

Toshkentdagi bozorlarda kunlik patta narxlari oshishi mumkin

Toshkentdagi bozorlarda kunlik bir martalik yig‘imlar va ijara to‘lovlari (patta) narxlari oshishi kutilmoqda. Bu borada hokimlik qarori loyihasi e’lon qildi. Savdoning qator turlaridagi patta narxini 29 foizgacha oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirildi. U 45 mln so‘mdan boshlanadi
4 fevral 2025, 23:25

Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirildi. U 45 mln so‘mdan boshlanadi

Hukumat 1-maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini oshirishni tasdiqladi. U mashina ishlab chiqarilgan yilga qarab 45 mln dan 78,5 mln so‘mgacha bo‘ladi. Maqsad — akkumulyator batereyalarini utilizatsiya qilish uchun infratuzilma tashkil etishni moliyalashtirish. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz qo‘llanadi.

O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etilmoqda. U qaysi tovarlarga tatbiq etiladi?
4 fevral 2025, 20:46

O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etilmoqda. U qaysi tovarlarga tatbiq etiladi?

Xalqaro kuryerlik jo‘natmalarining 1 kilosi uchun BHMning 2 foizi miqdorida bojxona yig‘imi joriy etiladi. U barcha xorijiy marketpleyslardan tovarlarni yetkazib berishda va jismoniy shaxslar o‘rtasida jo‘natmalarni yuborishda amal qiladi. Bojxona qo‘mitasi “Gazeta.uz"ga yangi tartib to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston 2025-yilda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda
4 fevral 2025, 19:32

O‘zbekiston 2025-yilda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini boshlashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston Transafg‘on temir yo‘li qurilishi 2025-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Prezidentga loyiha donorlari bilan olib borilayotgan ishlar, yo‘l uchastkasini kengaytirish rejalari haqida ma’lumot berildi.

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025-yilda boshlanadi — vazir
4 fevral 2025, 17:18

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025-yilda boshlanadi — vazir

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2025-yilda boshlanadi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Uning so‘zlariga ko‘ra, 30 dan ortiq kompaniya birinchi loyihaga qiziqish bildirgan.

669 ming so‘m: O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
4 fevral 2025, 17:13

669 ming so‘m: O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

O‘zbekistonda 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi (+3 foiz). Oxirgi marta bu miqdor energiya tariflari oshishi fonida 4,3 foizga (648 ming so‘mgacha) oshirilgandi. Mamlakatda bu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda ishlatiladi.

Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi
4 fevral 2025, 15:16

Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etilishi belgilanmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.

O‘zbekistonda bir qator bojxona yig‘imlari stavkalari pasaytirildi. Kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etilmoqda
3 fevral 2025, 23:10

O‘zbekistonda bir qator bojxona yig‘imlari stavkalari pasaytirildi. Kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etilmoqda

O‘zbekistonda ayrim bojxona yig‘imlari stavkalari JST talablariga muvofiqlashtirish doirasida pasaytirildi. Bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, yangi stavkalar tadbirkorlarga 700 mlrd so‘mni tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etiladi.

Ayrim ulgurji iste’molchilar gaz ta’minotidan cheklandi
3 fevral 2025, 22:39

Ayrim ulgurji iste’molchilar gaz ta’minotidan cheklandi

O‘zbekistonda ayrim ulgurji iste’molchilar uchun gaz ta’minotiga cheklovlar joriy etildi, deb xabar qildi “Hududgazta’minot”. Sabab sifatida allaqachon bartaraf etilgan avariya tufayli magistral gaz quvurlarida bosimning pasaygani keltirildi.

Toshkent-Andijon pulli avtoyo‘li magistraldagi YTHlarni 40 foizga kamaytirishi aytilmoqda
3 fevral 2025, 22:14

Toshkent-Andijon pulli avtoyo‘li magistraldagi YTHlarni 40 foizga kamaytirishi aytilmoqda

Prezidentga yirik transport infratuzilmasi loyihalarining borishi bo‘yicha axborot berildi. Toshkent-Andijon pulli avtoyo‘li YAIMni 2,6% oshirib, YTHlarni 40% ga kamaytirishi mumkin. Davlat rahbari yuklamasi ko‘p boshqa yo‘llarda ham muqobil magistrallar qurish, qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirishni buyurdi.

Yanvarda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar hajmi 3 mlrd dollarni tashkil etdi
3 fevral 2025, 18:19

Yanvarda O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar hajmi 3 mlrd dollarni tashkil etdi

Prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonga 2025-yilning ilk oyida 3 mlrd dollar xorijiy investitsiya kelgani ma’lum qilindi. Fevralda ham shuncha sarmoya jalb qilish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda chiqindilar umumiy hajmining 10 foizdan ortig‘i plastik, ularni to‘liq qayta ishlash uchun quvvat yetarli emas — Ekologiya vazirligi
3 fevral 2025, 17:20

O‘zbekistonda chiqindilar umumiy hajmining 10 foizdan ortig‘i plastik, ularni to‘liq qayta ishlash uchun quvvat yetarli emas — Ekologiya vazirligi

O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. 2022-yilda plastik hajmi 2013-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshdi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, plastmassaning eng yirik iste’molchilari qadoqlash, transport va qurilishdir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting