Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 20-mart kuni ertalab aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi, deya xabar berdi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

қўқон, қўқон aeroportи

Texnik reysni aviakompaniyaning A320 NEO samolyoti ekipaji amalga oshirdi. Viloyat aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirilgan hamda A320 va ATR72−600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilingan. Shuningdek, aeroportda 100 kishiga mo‘ljallangan 900 metr kvadrat maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurilgan.

қўқон, қўқон aeroportи

“Uzbekistan Airways aviakompaniyasining tajribali uchuvchilari tomonidan Toshkent — Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan texnik parvoz aerodromning samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga hamda terminalning yo‘lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi”, — deyiladi xabarda.

Muntazam parvozlar 1-apreldan boshlanishi rejalashtirilgan.

қўқон, қўқон aeroportи

Aeroport 2001-yilda fuqaro aviatsiyasi samolyotlarini qabul qilishni to‘xtatgan va keyinchalik O‘zbekiston Qurolli kuchlarining Harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan.