O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-cyentyabr oylarida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshdi, deya xabar berdi Spot nashri «Etaji» ko‘chmas mulk agentligi tahliliga tayanib.

Xabarga ko‘ra, ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlarning umumiy sonining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri keladi.


Viloyatlar kesimida qaralganda, 2021 yilda tuzilgan bitimlar:

  • Samarqandda — 32%ga,
  • Farg‘onada — 27% ga,
  • Namanganda — 36% ga,
  • Andijonda — 31%ga,
  • Buxoroda — 33%ga,
  • Navoiyda — 29% ga
  • Qoraqalpog‘istonda — 27%ga o‘cdi.

Ma’lum qilinishicha, COVID-19 pandemiyasidan so‘ng, hozirda ko‘chmas mulkni sotish sur’ati mo‘’tadil o‘sishni boshladi va joriy yilning avgust-sentabr oylarida sotib olish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil epidemiologik vaziyatning bosqichma-bosqich yaxshilanishi va mavsumiy ta’tillarning tugashi bo‘ldi.

Karantin cheklovlari davrida rejalashtirilgan xaridlar ortga surildi. Bu esa iste’molchilar talabining pasayishiga olib keldi, shuningdek,fuqarolarning o‘z hududidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan qiziqishining oshishiga olib keldi. Katta shaharlarda birlamchi uy-joy bozorida taklifning oshishi va uy-joy sharoitining yaxshilanishi tumanlar ichidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabning shakllanishida muhim rol o‘ynadi — deyiladi xabarda.

Toshkent shahrida tuzilgan bitimlar soni 2 foizga kamaydi. Shunga qaramasdan, 2021 yilning uchinchi choragining dastlabki natijalari shuni ko‘rsatdiki, Toshkentda narxlar o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 5−7% ga oshgan. Shaharda birlamchi bozordagi ko‘chmas mulkning bir kvadrat metri uchun o‘rtacha narxi sentabr oyi holatiga ko‘ra, 7,2 mln so‘mni tashkil qildi.

Birlamchi bozordagi ko‘chmas mulkning bir kvadrat metri uchun o‘rtacha narx jadvali (2021 yil sentabr):

Tuman

Kvadrat metri uchun o‘rtacha narx (mln so‘m)

TJ soni

Olmazor

7 300 000

10

Bektemir

5 741 250

4

Mirobod

10 009 434

10

Mirzo-Ulug‘bek

9 085 128

35

Sirg‘ali

6 472 318

5

Uchtepa

6 179 000

20

Chilonzor

6 268 125

12

Shayxontoxur

7 673 462

16

Yunusobod

10 377 000

20

Yakkasaroy

8 196 833

27

Yangihayot

8 231 800

1

Yashnobod

6 290 854

24

Shahar bo‘yicha o‘rtacha

7 254 855

184

Manba: www.stroyka.uz va www.tashkent.etagi.com ko‘chmas mulk platformasi veb-saytlariga asoslangan hisob-kitoblar.

O‘rganishlarga ko‘ra, Toshketning eng ko‘p qurilish ishlari olib borilayotgan tumanlariga quyidagilar kirgan:

  • Mirzo Ulug‘bek;
  • Yakkasaroy;
  • Yashnobod;
  • Uchtepa;
  • Yunusobod.

Bu tumanlar shahar markaziga yaqinroq va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lganligi bois yuqori narx takliflarini keltirib chiqaradi. Chilonzor, Bektemir, Sergeli, Uchtepa kabi tumanlarda uy-joy narxi o‘rtacha 30%ga pastroq.

«Ko‘chmas mulkning birlamchi bozorida narxlarning ko‘tarilishiga Shavkat Mirziyoyevning „Yangi O‘zbekiston“ bog‘i ochilish marosimidagi Toshkentda qurilishni cheklash haqidagi bayonoti ham sabab bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Poytaxtda uy-joy sotib olishda ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, karantin choralarini yumshatish, qurilish hajmini cheklash, Toshkentni yashil zonaga aylantirish, ipoteka kreditlash vositalarini takomillashtirish Toshkentda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talabning doimiy o‘sishiga va birlamchi uy-joy narxlarining o‘sishiga olib keladigan asosiy omillardan biri ekanligi qayd etiladi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida «Gazeta.uz» O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtomobil bozorida talab qanday o‘zgargani haqidagi tahlilni e’lon qilgandi.