Iqtisodiyot

Banklarda dollarning sotish kursi 11 460 so‘mgacha oshdi
13 mart 2023, 09:54

Banklarda dollarning sotish kursi 11 460 so‘mgacha oshdi

Tijorat banklari 13 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 340 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 460 so‘m.

Bahodirjon Sidiqov yana «O‘zbekneftgaz»ga rahbar etib tayinlandi
12 mart 2023, 00:34

Bahodirjon Sidiqov yana «O‘zbekneftgaz»ga rahbar etib tayinlandi

2019−2020 yillarda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi bo‘lgan Bahodirjon Sidiqov yana kompaniyaga rahbar bo‘ldi.

2023 yilda budjetga xususiylashtirishdan 10 trln so‘m tushishi mumkin — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
11 mart 2023, 16:49

2023 yilda budjetga xususiylashtirishdan 10 trln so‘m tushishi mumkin — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023 yilda davlat aktivlarini xususiylashtirish O‘zbekiston davlat budjetiga 10 trln so‘m daromad keltiradi, deb taxmin qilmoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Bu oldingi yilgi prognozga nisbatan 66,6 foizga ko‘p. Daromadlar davlat budjeti taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi.

Poytaxtda elektr ta’minotini yaxshilashga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi
11 mart 2023, 15:44

Poytaxtda elektr ta’minotini yaxshilashga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi

Toshkent shahrining elektrga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida Yuqori Chirchiq tumanida 2023 yil yakunigacha 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlari ishga tushiriladi. Shuningdek, elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasiga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Banklarda dollar kursi arzonladi
11 mart 2023, 10:24

Banklarda dollar kursi arzonladi

Tijorat banklari 11 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 335 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 400 — 11 450 so‘m.

O‘zbekistonda xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reyestri shakllantiriladi
11 mart 2023, 09:44

O‘zbekistonda xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reyestri shakllantiriladi

Hukumat qarori bilan xalqaro brend tovarlarini import qiluvchilar reyestri shakllantiriladi. Unga kirish uchun Investitsiyalar vazirligiga ariza yuborish kerak bo‘ladi va sertifikat 1 yil muddatga beriladi.

Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways rahbari bo‘ldi
11 mart 2023, 08:45

Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways rahbari bo‘ldi

Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar kompaniyaga O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 15 dan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi
10 mart 2023, 20:12

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 15 dan ortiq hamkorlik hujjatlari imzolandi

Qirg‘iziston hukumati rahbarining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 15 dan ortiq hujjat, jumladan, avtomobil va tijorat uskunalarini yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, qo‘shni mamlakatda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekistonning top-10 soliq to‘lovchisi e’lon qilindi. Budjet daromadlarining uchdan bir qismi ularga bog‘liq
10 mart 2023, 16:24

O‘zbekistonning top-10 soliq to‘lovchisi e’lon qilindi. Budjet daromadlarining uchdan bir qismi ularga bog‘liq

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yilning 10 ta eng yirik soliq to‘lovchisi nomini e’lon qildi. Ular budjetning uchdan bir qismini ta’minlaydi. Davlat budjeti yirik soliq to‘lovchilarga qaramligicha qolmoqda. Taqqoslash uchun: 2018 yilda 20 ta kompaniya budjet tushumining 34 foizini taqdim etgandi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 465 so‘mgacha oshdi
10 mart 2023, 10:08

Banklarda dollarning sotish kursi 11 465 so‘mgacha oshdi

Tijorat banklari 10 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 320 — 11 465 so‘m.

2023 yilgi «Fuqarolar uchun budjet» nashri e’lon qilindi
9 mart 2023, 21:44

2023 yilgi «Fuqarolar uchun budjet» nashri e’lon qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjetiga bag‘ishlangan «Fuqarolar uchun budjet» nashrini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iqtisodiy o‘sish 5,3 foiz, inflyatsiya 9,5 foiz, davlat budjeti taqchilligi 3 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.

O‘zbekistonda Humo va Uzcard bankomatlari integratsiyasi may oyiga qadar yakuniga yetkaziladi
9 mart 2023, 19:32

O‘zbekistonda Humo va Uzcard bankomatlari integratsiyasi may oyiga qadar yakuniga yetkaziladi

Humo va Uzcard to‘lov tizimlari bankomatlarining o‘zaro integratsiyasi prezident qarori bilan may oyi oxirigacha, tizimlarning terminallari esa yil so‘ngiga qadar yakuniga yetkaziladi.

Toshkentdagi ba’zi do‘kon va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari kassasida kartadan naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi
9 mart 2023, 15:27

Toshkentdagi ba’zi do‘kon va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari kassasida kartadan naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi

Tajriba tariqasida Toshkentda vaqtinchalik tartib joriy etiladi, unga ko‘ra, ayrim do‘konlar va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari kassasida kartadan naqd pul yechib olish mumkin bo‘ladi. Birinchi bosqichda loyiha Korzinka supermarketlar tarmog‘ida ishga tushiriladi.

Fevral oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 2 mlrd dollarga kamaydi
9 mart 2023, 15:17

Fevral oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 2 mlrd dollarga kamaydi

Fevral oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyiga nisbatan 1,98 mlrd dollarga pasaydi. Natijada ko‘rsatkich fevral oyiga kelib $33,9 mlrdni tashkil etdi.

Jismoniy shaxslar endi qator xizmatlar xaridida komissiya to‘lamaydi
9 mart 2023, 15:09

Jismoniy shaxslar endi qator xizmatlar xaridida komissiya to‘lamaydi

Jismoniy shaxslardan poyezd, samolyot chiptalari, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va jarimalar, bolalar bog‘chalari, maktablar va oliy o‘quv yurtlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov xizmatlari uchun komissiya undirilmaydi.

Jahon banki O‘zbekistondagi yangi quyosh elektr stansiyalaridan energiya sotib olish uchun 12 mln dollar ajratadi
9 mart 2023, 11:39

Jahon banki O‘zbekistondagi yangi quyosh elektr stansiyalaridan energiya sotib olish uchun 12 mln dollar ajratadi

Jahon banki «O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish-2» loyihasi uchun 12 mln dollar ajratadi. Bu ikkita yangi quyosh elektr stansiyasidan (har biri 6 mln dollardan) elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bo‘yicha bank kafolatlari hisoblanadi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 440 so‘mgacha ko‘tarildi
9 mart 2023, 10:14

Banklarda dollarning sotish kursi 11 440 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 9 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 290 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 390 — 11 440 so‘m.

O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni qanday o‘zgardi?
7 mart 2023, 21:42

O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni qanday o‘zgardi?

O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida o‘z o‘rnini 8 pog‘onaga yaxshilagan holda 109-o‘rinni egalladi. Mamlakat soliq yuki, investitsiyalar va savdo erkinligi bo‘yicha ilgariladi, lekin davlat xarajatlari va fiskal siyosat borasidagi holati yomonlashdi.

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz tranziti hajmini oshirishi mumkin
7 mart 2023, 11:57

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz tranziti hajmini oshirishi mumkin

«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini yiliga 20 milliard kub metrgacha oshirishi mumkin.

O‘zbekistonda 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayohat amalga oshirildi
7 mart 2023, 11:45

O‘zbekistonda 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayohat amalga oshirildi

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi. Bu 2021 yilga qaraganda 1,9 barobar ko‘p.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting