Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 25 oktabrdan kuchga kiradi:

  • 1 AQSh dollari 11,02 so‘mga ko‘tarildi va 10 703,02 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 13,90 so‘mga ko‘tarildi va 12 461,53 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,16 so‘mga ko‘tarildi va 151,62 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,99 so‘mga ko‘tarilib, 10 692 so‘mni tashkil qilgandi.