Hukumatning «Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2022 yil 1 maygacha quyidagi tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi:

  • bananlar, plantaynlar (yangi yoki quritilgan) — TIF TN kodi 0803;
  • yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya — TIF TN kodi 0804;
  • yangi yoki quritilgan sitrus mevalar — TIF TN kodi 0805;
  • yangi papayya — TIF TN kodi 0807 20 000 0;
  • yangi olma, nok va behi — TIF TN kodi 0808;
  • kivi — TIF TN kodi 0810 50 000 0.

Avvalroq, deputatlar 10 oktabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht, qoramol va parranda, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirish va realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalarni QQSdan ozod qilishga oid qonunni qabul qilgani haqida yozgan edik. Hujjat Senatga yuborilgan.