Ayni vaqtda Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, «Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023−2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi» ham ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2020 yil 10 sentabrdan beri asosiy stavkani 14 foiz darajasida ushlab turibdi. Undan oldin, aprel oyida MB asosiy stavkani 16 foizdan 15 foizgacha tushirgan edi.