Prezident 20 oktabr kuni «Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Hujjatga muvofiq, 2024 yil 1 yanvargacha, jumladan, quyidagi ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji «nol» stavkada qo‘llaniladi:

  • sun’iy mo‘yna;
  • zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
  • sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar;
  • shisha iplar;
  • shisha tolali matolar va boshqalar.

Avvalroq, Hukumat qarori bilan 2022 yil 1 maygacha banan, plantaynlar, anjir, ananas, avokado, mango, guayyava, mangostan, olma, nok, kivi va boshqa sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilingan edi.

Unga qadar esa deputatlar 31 декабргачагўшт va kartoshka importini QQSdan ozod qilish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilib, hujjatni Senatga yuborishgan edi.