27 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 1186 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etildi, deb xabar bermoqda SSV.

Payshanba kuni eng ko‘p holat Toshkent shahri (503 ta), Farg‘ona (129 ta), Toshkent viloyati (124 ta), Qoraqalpog‘iston (67 ta) va Xorazmda (56 ta) aniqlangan. Qolgan hududlar hisobiga esa 50 tadan (Samarqand) 15 tagacha (Sirdaryo) holat to‘g‘ri kelmoqda.


Kasallikdan sog‘ayganlar esa bir kunda 1399 kishini tashkil qilib, jami tuzalganlar 209417 nafarga (95 foiz) yetdi.

️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1554 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 216 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.