Ketma-ket ikkinchi kun kasallanishlar soni pasaydi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

24 yanvar, dushanba kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi 1123 nafar fuqaroda aniqlangan. Yakshanba kuni esa ushbu ko‘rsatkich — 1296 kishiga, shanba kuni esa maksimal darajaga — 1478 kishiga yetgandi.

Kunlik kasallanishlar bo‘yicha eng ko‘p holat Toshkent shahri (414 ta), Farg‘ona viloyati (173 ta), Toshkent viloyati (115 ta), Buxoro viloyati (60 ta) va Qoraqalpog‘istonda (59 ta) qayd etilgan.


Kasallikdan sog‘ayganlar 1278 nafarga yetib, hozirga qadar jami 205495 kishi (95 foiz) virusdan tuzalgan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1545 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 98 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.