1 fevral kuni respublikada 1087 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV.

Bu oldingi kunga nisbatan 72 taga ko‘p — 31 yanvar kuni 1015 ta holat qayd etilgandi.

Hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni jami 225110 nafarga yetgan.

Aniqlangan musbat natijalarning yarmi — 589 nafari Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto:SSV

Kasallikdan sog‘ayganlar esa 210647 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Qolaversa, kecha 209 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan. Oldingi kun esa 196 kishi pnevmoniyaga chalingan edi.

Shuningdek, yana 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan. Ularning umumiy soni 1571 nafarga yetgan.