Kecha 961 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda. Kasallanganlar soni oldingi kunga qaraganda 35 nafarga ko‘p. Shuningdek, 3 fevral kuni yana 195 kishi pnevmoniyaga chalingan.

Hozirda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni jami 226997 nafarni tashkil etmoqda.

Foto: SSV

Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi haligacha Toshkent viloyati (116 nafar) va Toshkent shahrida (457 nafar) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Koronavirusdan tuzalganlar 211274 (+348) nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizga tushgan. Bundan tashqari, kecha yana 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallik qurbonlari soni 1579 nafarni tashkil qilmoqda.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda birinchi doza bilan emlash ko‘rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 90,4 foizni, to‘liq bosqichlarda emlanish ko‘rsatchiki esa 69,1 foizni tashkil qilmoqda.