8 fevral kuni O‘zbekistonda 778 nafar koronavirus infeksiyasi va 133 nafar pnevmoniya holati aniqlandi, deb xabar qildi SSV matbuot xizmati. Bu avvalgi kunga nisbatan biroz ko‘p (avvlgi kunda — 773 va 129)

Pandemiya boshlanganidan buyon rasman qayd etilgan holatlarning umumiy soni 231 mingdan oshdi.

Toshkent shahrida kasallanganlar soni 375 taga kamaygan (bir kun avval — 441 ta edi), Toshkent viloyatida esa aksincha ko‘paygan — 175 ta (kecha 103 ta edi) qayd etildi.

Foto: SSV

Surxondaryo viloyatida 45 ta, Samarqandda 37 ta, Qoraqalpog‘istonda 27 ta holat kuzatilgan, boshqa viloyatlarda esa 7 tadan (Qashqadaryo) 23 tagacha (Farg‘ona viloyati) qayd etildi.

Shuningdek, kun davomida 4 nafar koronavirus ta’siridan vafot etganligi qayd etildi. Rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlarning umumiy soni 1592 nafarni tashkil qilmoqda.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi yanvar oyida Zangiotadagi ikkita yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilganlarning deyarli 96 foizi koronavirusga qarshi emlanmagani haqida xabar bergan edi. Emlanmaganlarda kasallik og‘ir kechgan. Vazirlik fuqarolarni yana bir bor emlashga chaqirdi.