4 fevral, juma kuni O‘zbekistonda 912 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu bir kun oldingi holatga qaraganda kamroq — payshanba kuni 961 kishi kovid yuqtirib olgandi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Pandemiya boshidan beri COVID-19 aniqlangan fuqarolarning umumiy soni 228 mingga yaqinlashdi.

Eng ko‘p holat Toshkent hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 441 ta, Toshkent viloyatida — 103 ta, Farg‘onada — 74 ta, Samarqandda — 52 ta va Surxondaryoda — 45 ta. Qolgan hududlarda esa kunlik 35 tadan (Qoraqalpog‘iston) 11 tagacha (Sirdaryo) holat qayd etilgan.

Kasallikdan sog‘ayganlar 457 tani tashkil qilib, umumiy hisobda 211731 taga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1581 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 155 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.