Dushanba kuni respublikada koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana kamayib (bir kun avval 832), 773 nafarni tashkil etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Pnevmoniyaga chalinish ko‘rsatkichi ham pasayib, kecha 129 ta (avvalgi kun — 134ta) holat qayd etilgan.

Foto: SSV.

Yangi kasallanish holatlarining aksariyati Toshkent shahrida — 445 ta va Toshkent viloyatida — 105 ta aniqlangan. Samarqand viloyatida — 40 ta, Farg‘onada — 34 ta, boshqa viloyatlarda — 8 tadan (Jizzax viloyati) 23 taga (Surxondaryo) kasallanish qayd etilgan.

Pandemiya boshlanganidan beri rasman qayd etilgan holatlarning umumiy soni 230 mingdan oshdi.

Shuningdek, kun davomida 2 nafar koronavirus bemorida o‘lim holati qayd etildi. Rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlarning umumiy soni 1588 nafarni tashkil etmoqda.