Chorshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana kamayib, 692 nafarni (oldingi kun — 778 nafar) tashkil etdi. Shuningdek, kecha 114 nafar (133 nafar) kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi marta 700 tadan kam holat 11 yanvar kuni qayd etilgandi — o‘shanda 604 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgandi, qolavesa, 4 kishi vafot etgandi.

Kunlik holatning yarmidan sal kamrog‘i — 339 tasi Toshkent shahrida kovidga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Toshkent viloyatida — 135 ta, Samarqandda — 40 ta, Xorazmda — 27 ta holat ro‘yxatga olingan.

Foto: SSV

️Hozirda virus aniqlangan bemorlarning umumiy soni 231871 nafarga yetdi. Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1595 nafarni tashkil qilmoqda.