Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonda kuniga 900 dan kam koronavirus infeksiyasi yuqtirish holatlari aniqlandi — 887 va 832 ta. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 15 yanvardan 4 fevralgacha bu kasallik aniqlanganlar soni 900 nafardan pastga tushmagandi.

Yakshanba kuni Toshkent shahrida 435 ta (shanba kuni 438), Toshkent viloyatida 101 ta (107), Farg‘ona viloyatida 46 ta (61) va Samarqand viloyatida 43 ta (49) holat aniqlangan. Boshqa hududlarda kasallikka chalinganlar soni nisbatan kamroq bo‘ldi.

Foto: SSV

2020 yil mart oyidan beri qayd etilgan COVID-19 holatlarining umumiy soni 229,6 ming nafardan oshdi.

Shuningdek, yakshanba kuni tasdiqlangan pnevmoniya holatlari soni 134 tani, shanba kuni esa 148 tani tashkil etdi. Yanvar oyi oxiridan buyon bu ko‘rsatkich pasayishda davom etyapti.

Bundan tashqari, yakshanba kuni koronavirusdan kelib chiqqan asoratlar natijasida 2 ta, shanba kuni esa 3 ta o‘lim qayd etilgan. Rasmiy ro‘yxatga olingan o‘limlarning umumiy soni 1584 tani tashkil etadi.