10 fevral, payshanba kuni O‘zbekistonda yana 625 (undan oldingi kun — 692) kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanishlar soni pasayishda davom etmoqda, deb xabar berdi SSV.

Eng ko‘p holat Toshkent shahrida — 286 ta (bir kun oldin — 339 ta), Toshkent viloyatida — 117 ta (135 ta), Samarqandda — 45 ta (40 ta), Xorazmda — 25 ta (27 ta), Qoraqalpog‘iston va Farg‘onada — 24 tadan (26 — 27 ta) qayd etildi.

Kun davomida kasallikdan 829 kishi sog‘ayib, umumiy tuzalganlar soni 215 297 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1597 nafarni tashkil qildi.

Qolaversa, kecha 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich 114 ta edi.

Ma’lumot o‘rnida, So‘nggi marta 700 tadan kam holat 11 yanvar kuni qayd etilgandi — o‘shanda 604 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgandi, qolavesa, 4 kishi vafot etgandi.