Yanvar oyining so‘nggi kunida O‘zbekistonda 1015 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar berdi SSV.

Bir kun avval ushbu ko‘rsatkich 1089 tani tashkil qilgandi. Kunlik holat 22 yanvar — eng maksimal daraja 1478 ta holat qayd etilgandan beri pasayib bormoqda.

2020 yilning martidan boshlab COVID-19 bilan jami 224 mingdan ortiq kishi kasallandi.

Toshkentda yanvarning so‘nggi kuni 503 ta holat qayd etildi, undan bir kun avval esa — 472 ta edi.

Foto:SSV.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni esa 210346 nafargayetdi. COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etganlar soni esa kecha yana 4 nafarga ortib, umumiy 1568 nafarni tashkil qildi.

Pnevmoniya bilan kasallanish holatlari esa dushanba kuni 196 tani (yakshanba kuni — 203 ta) tashkil qildi.