25 yanvar, seshanba O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi 1174 nafar fuqaroda qayd etildi, deb xabar berdi SSV.

Ketma-ket ikki kunlik pasayishdan so‘ng kasallanishlar soni yana ortdi.

24 yanvar, dushanba kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi 1123 nafar fuqaroda aniqlangan. Yakshanba kuni esa ushbu ko‘rsatkich — 1296 kishiga, shanba kuni esa maksimal darajaga — 1478 kishiga yetgandi.


Kunlik holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri — 482 ta, Toshkent viloyati — 139 ta, Farg‘ona viloyati — 133 ta, Qoraqalpog‘iston — 57 ta, Buxoro viloyati — 56 ta aniqlangan.

Toshkent shahrida 366 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 206727 (+1232) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1549 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 114 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.