5 fevral kuni O‘zbekistonda yana 887 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shunday qilib, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni qariyb 229 ming (+887) nafarga yaqinlashdi.

Kasallanish holatlari bo‘yicha Toshkent shahrida eng ko‘p ko‘rsatkich (438 nafar) qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toshkent (107 nafar), Farg‘ona (61 nafar), Samarqand (49 nafar) va Surxondaryo viloyatlari (45 nafar) o‘rin olgan.

Kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 212 ming kishidan (+452) oshdi.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1584 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, shanba kuni 148 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.