Koronavirus

SES: Niqob rejimi hozircha joriy etilgani yo‘q, ammo niqob taqish tavsiya etiladi
29 iyun 2022, 22:46

SES: Niqob rejimi hozircha joriy etilgani yo‘q, ammo niqob taqish tavsiya etiladi

Oxirgi vaqtlar koronavirusga chalinayotganlarning 90 foizi — emlanmagan kishilar. SES hozircha niqob rejimi joriy etilmagani, biroq «salomatlik va xavfsizlik uchun» niqob taqish tavsiya etilishini ma’lum qildi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishlarda rasmiylar niqob ko‘rinish bermoqda.

Toshkentda kovid poliklinikalar faoliyati qayta tiklandi
29 iyun 2022, 16:52

Toshkentda kovid poliklinikalar faoliyati qayta tiklandi

Toshkentda kovidga chalinishning kunlik holati ko‘payishi ortidan 12 ta tumanda kovid-poliklinikalar faoliyati qayta tiklanmoqda. SSV bepul PZR-test tahlili topshirish mumkin bo‘lgan laboratoriyalar manzillari ro‘yxatini ham e’lon qildi.

SES boshlig‘i o‘rinbosari karantin choralari qayta tiklanishiga oid xabarlarga munosabat bildirdi
29 iyun 2022, 16:13

SES boshlig‘i o‘rinbosari karantin choralari qayta tiklanishiga oid xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda qat’iy karantin qayta tiklanishiga oid audiolar tarqalmoqda. SES boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu xabar eskiligi va karantin uchun kunlik kasallanishlar soni juda kamligini aytdi. 27 iyundan esa prezident ishtirokidagi tadbirlarda amaldorlar yana niqob taqa boshladi.

Kovid holatlari soni o‘sishda davom etmoqda
26 iyun 2022, 15:43

Kovid holatlari soni o‘sishda davom etmoqda

Shanba kuni O‘zbekistonda 140 ga yaqin (bir kun avval 120 ga yaqin) koronavirus holati aniqlandi. Shundan 56 tasi Toshkentda qayd etilgan.

Juma kuni 119 kishi koronavirus yuqtirdi
25 iyun 2022, 11:22

Juma kuni 119 kishi koronavirus yuqtirdi

24 iyun kuni respublikada 119 kishining koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ularning deyarli yarmi Toshkent shahrida aniqlangan.

Toshkentdagi kovid-poliklinikalar qaytadan ochilmoqda
24 iyun 2022, 23:12

Toshkentdagi kovid-poliklinikalar qaytadan ochilmoqda

Toshkentning barcha tumanlarida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun maxsus poliklinikalar qaytadan ish boshlamoqda.

Payshanba kuni Farg‘ona va Xorazmdan tashqari barcha hududda kovid aniqlandi
24 iyun 2022, 10:07

Payshanba kuni Farg‘ona va Xorazmdan tashqari barcha hududda kovid aniqlandi

Payshanba kuni yana 94 kishining kovidga topshirgan PZR-testi musbat natijani qayd etdi. Kun davomida 12 ta hududda virus yuqtirib olish holati kuzatilgan, shundan eng ko‘pi Toshkentda — 41 ta. Avvalroq, O‘zbekistonda omikronning eng yuqumli varianti — «Stels-omikron» aniqlangani ma’lum bo‘lgandi.

O‘zbekistonda «Stels-omikron» aniqlandi
23 iyun 2022, 23:46

O‘zbekistonda «Stels-omikron» aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus omikron-shtammining eng yuqumli deb aytilayotgan Stealth-Omicron BA.2 varianti aniqlandi. SES rahbari COVID-19 bilan kasallanish dinamikasida sezilarsiz o‘sish kuzatilgani, biroq vaksinatsiya va revaksinatsiya jarayonlarini tezlashtirish muhimligini qayd etdi.

Yakshanba kuni 93 kishida kovid aniqlandi
20 iyun 2022, 11:46

Yakshanba kuni 93 kishida kovid aniqlandi

Yakshanba kuni yana 93 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi. Shanba kuni esa 108 kishida virus aniqlangandi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, hozirda 2 mingdan ortiq bemor kovidga qarshi davolanmoqda.

Kunlik koronavirus holatlari ko‘payishda davom etmoqda
18 iyun 2022, 10:48

Kunlik koronavirus holatlari ko‘payishda davom etmoqda

Juma kuni O‘zbekistonda 90 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi, shuning 74 tasi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hafta boshidan beri kovidga chalinishlar soni kun sayin ortib bormoqda.

O‘zbekistonda kovid statistikasi keskin ko‘tarila boshladi
17 iyun 2022, 11:25

O‘zbekistonda kovid statistikasi keskin ko‘tarila boshladi

Payshanba kuni O‘zbekistonda 59 kishida (poytaxtning o‘zida — 45 kishida) koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu mart o‘rtalaridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ketma-ket uchinchi kun kovid statistikasida o‘sish kuzatilmoqda.

Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus aniqlandi
3 may 2022, 11:54

Ramazon hayiti kuni 1 kishida koronavirus aniqlandi

2 may kuni O‘zbekistonda faqatgina 1 kishida koronavirus aniqlandi. Oldingi kunlari koronavirusning yangi holatlari 20 tacha atrofida edi.

Qozog‘iston chegaradan o‘tishdagi cheklovlarni bekor qiladi
7 aprel 2022, 09:25

Qozog‘iston chegaradan o‘tishdagi cheklovlarni bekor qiladi

11 apreldan Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida chegarani kesib o‘tish cheklovlarini bekor qiladi. Manfiy PZR testi yoki kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish talabi saqlanib qolmoqda.

22 mart kuni O‘zbekistonda 7 kishida koronavirus aniqlandi
23 mart 2022, 10:20

22 mart kuni O‘zbekistonda 7 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 22 mart kuni 7 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi. Bu 2020 yil aprel oyidan beri eng past ko‘rsatkich. Yangi bemorlar Namangan viloyati va Toshkent shahrida aniqlangan.

Qozog‘iston ham O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan oldi
19 mart 2022, 15:50

Qozog‘iston ham O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini tan oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olish borasida kelishuvga erishdi. Bundan buyon sertifikatga ega fuqarolardan mamlakatlar chegarasini kesib o‘tishda PZR-testi natijasi talab etilmaydi. Avvalroq, Tojikiston, Turkiya va Buyuk Britaniya ham O‘zbekiston kovid-sertifikatlarini tan olgandi.

11 ta hududda koronavirus qayd etilmadi
15 mart 2022, 11:39

11 ta hududda koronavirus qayd etilmadi

14 mart kuni respublikaning 11 ta hududida koronavirusga chalinish holatlari qayd etilmadi.

Yakshanba kuni 20 dan ortiq koronavirus holati aniqlandi
14 mart 2022, 11:10

Yakshanba kuni 20 dan ortiq koronavirus holati aniqlandi

Yakshanba kuni O‘zbekistonda 22 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bu shanba kungidan 47 taga kam (69 ta).

Koronavirusga chalinganlar soni yana ortdi
11 mart 2022, 10:50

Koronavirusga chalinganlar soni yana ortdi

Payshanba kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni ortdi (70 kishi). Bir kun avval bor-yo‘g‘i 14 kishi virus yuqtirgani ma’lum bo‘lgan edi.

«Koronavirus pandemiyasi tugashiga hali ancha bor» — JSST rahbari
10 mart 2022, 15:36

«Koronavirus pandemiyasi tugashiga hali ancha bor» — JSST rahbari

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi rasman e’lon qilingan kundan beri 6 mlndan ko‘proq inson vafot etganini ma’lum qildi. U kasallanish va o‘lim holatlari kamayib borayotgani pandemiya tugaganini anglatmasligini qayd etdi. «Pandemiya tugashiga hali ancha bor va u hamma joyda tugamaguncha hech qayerda yakunlanmaydi», — dedi Tedros Gebreyesus. Qolaversa, Yevropada «deltakron» shtammi paydo bo‘ldi.

Chorshanba kuni 10 ta hududda koronavirus aniqlanmadi
10 mart 2022, 10:51

Chorshanba kuni 10 ta hududda koronavirus aniqlanmadi

Chorshanba kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida koronavirusni yuqtirib olish holatlari aniqlanmadi. Kun davomida Toshkent shahri, Surxondaryo, Andijon va Navoiyda jami 14 kishining PZR-testi musbat natijani ko‘rsatdi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting