30 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni yana 1089 nafarga ko‘paydi. 203 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV. Shanba kuni 1104 kishi virus yuqtirgani aytilgan edi.

Vazirlik hozirda sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga tushganini ma’lum qildi. Kecha aniqlangan kasallarning eng ko‘pi, 472 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Foto:SSV

So‘nggi haftada mazkur kasallikni yuqtirganlar soni biroz kamaydi. Xususan, eng ko‘p zararlanish 22 yanvarda (1478 nafar) kuzatilgan bo‘lsa, shundan beri kassallar soni nisbatan kamaymoqda. Hozirga kelib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 223008 nafarni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 30 yanvar kuni 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1564 nafarni tashkil qilmoqda.