28 yanvar, juma kuni holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1152 taga ko‘paydi. Bundan bir kun avval 1186 kishida virus aniqlangan edi.

Eng ko‘p holat Toshkent shahrida (462 ta), Farg‘ona (125 ta), Toshkent viloyati (108 ta), Qoraqalpog‘istonda (77 ta), Xorazm viloyatida (65 ta) qayd etildi.


Kasallikdan sog‘ayganlar jami 209780 (+363) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1558 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 247 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.