dayjest

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor yog‘adi

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari harorat kechasi −3…−8 darajagacha pasayadi, kunduzi −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda esa kechalari −11…−16 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlari hududlarda asosan qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Andijonda ishlab chiqariladigan ilk elektrobuslarga nom qo‘yib berdi

Andijon viloyatida Xitoyning Lanzhou Guangtong New Energy Automobile kompaniyasi bilan birgalikda elektrobuslar yig‘ish boshlanadi. Prezidentdan xitoylik hamkorlari elektrobusga nom berishni so‘radi, Mirziyoyev esa uni “Ipak yo‘li” deb nomladi.


dayjest

Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida

Shavkat Mirziyoyev Buxoroning Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgani, vaziyatni o‘zi kuzatib borgani, prokuror jami 200 ming dollar so‘raganini aytdi. Bosh prokurorga esa uni ishdan olish topshirildi. “O‘zi kurashchi bo‘lib, xodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik?” — dedi prezident.


dayjest

Prezident maktab o‘rniga hujraga qatnagan bolalar haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda 12 nafar maktab o‘quvchisi 6 oy davomida hujraga qatnab yurgani va bundan direktorning xabari bo‘lganini ta’kidladi. “12 ta bolaga ham direktor 5 baho qo‘yib kelyapti. U hujrada topgan noma’qul pulini direktorga beryapti. Mana, biz qanday illat bilan kurashyapmiz”, — dedi prezident.


dayjest

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshiladi va 66-o‘ringa ko‘tarildi.


dayjest

Aleksey Navalniy vafot etdi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan koloniyada vafot etdi. Jazoni ijro etish federal xizmatining xabar berishicha, sayrdan keyin Navalniy o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan, reanimatsiyada uni hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.


dayjest

Iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi hech qaysi davlatga qarshi qaratilmagan — Qonunchilik palatasi

Qonunchilik palatasi iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi hech qaysi davlatga qarshi qaratilmaganini ma’lum qildi. Avvalroq tarmoqlarda O‘zbekiston Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalarga qo‘shilishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (17−18-fevral)

Beshta kinopremyera, spektakllar, Yulduz Usmonova konserti, K-Pop Party, xayriya festivali, yugurish musobaqasi, musiqiy kechalar, bolalar shoulari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Yaponiya iqtisod bo‘yicha dunyodagi uchinchi o‘rnini Germaniyaga boy berdi

Yaponiya iqtisodiyoti kutilmaganda inqirozga yuz tutdi. Bu esa Germaniya dunyoning yirik iqtisodiyoti bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarilib olishiga sabab bo‘ldi. Kunchiqar mamlakatdagi iqtisodiy pasayish oziq-ovqat, yoqilg‘i va boshqa tovarlar narxining oshishi tufayli ichki iste’molning zaiflashuviga olib keldi.


dayjest

Qashqadaryoda ko‘prik qulab tushdi

Muborak tumanida harakatlanish vaqtincha cheklangan ko‘prik og‘ir yuk mashinasi o‘tishi oqibatida qulab tushdi. Hokimlikka ko‘ra, hodisa oqibatida salbiy holat kuzatilmagan va harakat uchun aylanma yo‘l tashkil qilingan. Ko‘prik 2024-yilning 2-choragida qayta foydalanishga topshirilishi reja qilinmoqda.


dayjest

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi (yangilandi)

Qozog‘istonning Aqmola viloyatida sovuq havoda nosoz avtobusda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik, jumladan, 12 nafar bola evakuatsiya qilindi. Avvalroq Kazinform agentligi ularning soni 64 nafar ekani haqida ma’lumot bergandi.


dayjest

O‘zbekistonda suv va yer resurslari sohasida 18,6 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

Global ekologik fond Markaziy Osiyoda suv va quruqlik resurslari sohasidagi loyihalar uchun 26 mln dollar ajratdi. Uning 18,6 mln dollari O‘zbekiston ishtirokida zaif ekotizim yerlarni tiklash, Amudaryo, Zarafshon, Panj, Sirdaryo va Norin daryolaridagi suv resurslarini boshqarish kabilarga yo‘naltiriladi.


dayjest

Yanvarda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uyning ijara narxi 395 dollarni tashkil etdi

MHTI tahliliga ko‘ra, yanvar oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari pasaydi, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylarniki esa 0,5 foizga o‘sdi. O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar ijarasi 395 dollarni tashkil etmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda 5 ta qonun JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi

O‘zbekistonda ixtirolar, tovar belgilari, reklama, dori vositalari va davlat boji to‘g‘risidagi qonunlarni JST bitimlariga uyg‘unlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.


dayjest

OpenAI foydalanuvchi so‘rovi asosida videolar yaratuvchi sun’iy intellekt modelini ishlab chiqdi

ChatGPT chatbotini ishlab chiqqan sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi OpenAI kompaniyasi o‘zining yangi mahsulotini taqdim etdi. U Sora deb atalib, foydalanuvchilar so‘rovlari asosida davomiyligi 1 daqiqagacha bo‘lgan fotorealistik kliplar yarata oladi.


dayjest

AQSh mustaqil Falastin davlatini yaratish rejasini ishlab chiqmoqda — WP

AQSh o‘zining Yaqin Sharqdagi hamkorlari bilan Falastin davlatini yaratishning “aniq muddatlarini” o‘z ichiga oluvchi rejasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi The Washington Post. U Isroil va Falastin o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishni nazarda tutadi.


dayjest

Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

Prezident Andijondagi yig‘ilishda aholisi 100 mingdan oshadigan Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Andijon, Asaka va Shahrixon shaharlarida urbanizatsiya dasturi amalga oshiriladi va ipoteka dasturi uchun viloyatga qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi.


dayjest

Andijon mahallalarini 7 ta sohaga chuqur ixtisoslashtirish dasturi amalga oshiriladi

Prezident Andijondagi mahallalarni meva-sabzavot, chorvachilik, hunarmandchilik, kasanachilik, sanoat, savdo va xizmatga chuqur ixtisoslashtirish bo‘yicha dastur amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu maqsadlar uchun 850 mlrd so‘m kredit resurslari va 50 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi.


dayjest

Jizzax viloyatida ichimlik suvi, oqova suv va chiqindi xizmati narxlari oshiriladi

Jizzax viloyatida 1-martdan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari narxlari aholi uchun 4000 so‘mgacha oshirilmoqda. Chiqindi xizmati narxi esa aholi uchun 6000 so‘mgacha ko‘tarilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.


dayjest

Prezident Andijondagi san’at maktabiga Sherali Jo‘rayev nomini berish va uning byustini o‘rnatishni taklif qildi

Andijon shahridagi san’at maktabi Musiqa va san’at kollejiga aylantiriladi. Shavkat Mirziyoyev unga Sherali Jo‘rayev nomini berish va hofizning byustini o‘rnatishni taklif qildi.


dayjest

Sadir Japarov o‘ziga tegishli mulkni 20 mln dollarga qonuniylashtirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mulkni ixtiyoriy qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun bilan o‘ziga tegishli mol-mulkni 20 mln dollarga qonuniylashtirganini aytdi. Uning tan olishicha, avvallari uning binolari, jumladan, Bishkekdagi biznes markazi “boshqa odamlar nomiga rasmiylashtirilgan”.


dayjest

Xonobod — Andijon — Izboskan — Asaka temiryo‘l aylanmasida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Xonobod — Andijon — Izboskan — Asaka temiryo‘l aylanmasida poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘paygani sababli ikkita yangi podstansiya quriladi.


dayjest

Silk Avia to‘rtinchi ATR 72−600 samolyotini qabul qilib oldi

Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi to‘rtinchi ATR 72−600 samolyotini qabul qilib oldi. U Tuluzadagi ATR zavodidan yo‘lga chiqib, Istanbulda texnik to‘xtashni amalga oshirib, Toshkentga yetib keldi.


dayjest

Foto, video: Toshkentda qor tufayli kuchli tirbandlik yuzaga keldi, JT barqaror ishlamoqda, biroq ish jadvali buzilgan

Toshkentda qor yog‘ishi sababli kuchli tirbandliklar kuzatilmoqda. Taksi narxlari keskin oshdi. Avtobuslar barqaror ishlamoqda, biroq yo‘llardagi vaziyat tufayli harakat jadvali buzilgan. Foto, video.