Siyosat

dayjest

Prezident urush faxriylarini ziyorat qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrifidan so‘ng Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, urush qatnashchilari holidan xabar oldi.


dayjest

“Charchasam bo‘lmaydi, katta-katta ishlarni endi boshlayapmiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident harbiy klinik gospitalga tashrifi chog‘ida Sirdaryo hokimiga o‘sha yerda davolanayotgan urush qatnashchilaridan biriga uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Yana bir urush faxriysi esa Shavkat Mirziyoyevni umrbod prezident qilib qo‘yishni taklif etdi. Prezident bunga javoban kulib qo‘ydi.


dayjest

Prezident “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Unga, shuningdek, Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan majmua loyihasi taqdimot qilindi. Foto.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga bordi (foto, video)

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi. Uni Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiylar kutib oldi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev xalqni 9-may munosabati bilan tabrikladi

Prezident Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi. “Bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz”, degan prezident ularning jasorati yoshlarni tarbiyalashda ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Oltin narxi ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari oshishda davom etmoqda

Jahon bozorida oltin narxining ko‘tarilishi fonida aprel oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 35,1 mlrd dollarga yetdi. Zaxiradagi qimmatbaho metallning fizik hajmi 1,24 tonnaga kamaydi va 2022-yilning may oyidan buyon minimal darajada bo‘lib qolmoqda.


Jamiyat

dayjest

“Tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak”. Oliy ta’lim vaziri — rektorlarni saylash haqida

Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. “Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin qilsak bo‘ladi”, — dedi u.


dayjest

Dehlidan Chikagoga uchgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Dehlidan Chikagoga uchgan Air India samolyoti 86 yoshli yo‘lovchi yurak xurujiga uchragani sababli Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketildi.


dayjest

Davlat OTMlariga o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o‘zgardi

Universitetlarga kirish imtihonlaridan minimal o‘tish ballari 56,7 balldan 75,6 ballgacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun esa 94,5 ball etib belgilandi.


dayjest

Grantda o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Davlat OTMlarida grant asosida o‘qigan talabalarning o‘qishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartiriladi, sirtqi ta’lim kvotasi kunduzgi ta’limga ajratilgan miqdordan oshmaydi.


dayjest

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun avtomobilsozlik yo‘nalishida ish taklif qilmoqda

Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida 3 ming nafar ishchiga talab borligi va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini bildirdi.


dayjest

Urush qatnashchisining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida TDIUga qabul qilindi (video)

Ikkinchi jahon urushi faxriysi Muhiddin Do‘sanboyevning nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Oliy ta’lim vaziri bu “prezident sovg‘asi” ekani, qiz universitetning bu yilgi ilk talabasi bo‘lganini aytdi. Video.


dayjest

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi.


dayjest

Ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi

O‘zbekiston OTMlarida magistratura va doktoranturaga qabul qilishda ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. Bir qancha sohalarda esa sertifikat talabi bir pog‘ona — B1 darajasiga tushiriladi.


dayjest

O‘zbekistonda aprel oyi me’yordan 1−2 daraja iliqroq bo‘ldi

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha aprel oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi. Havoning o‘rtacha harorati 1−2 daraja iliq, respublika janubida esa me’yordan 3−5 daraja yuqori bo‘ldi.


dayjest

DXX salkam 1,4 kg oltinni Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan shaxslarni ushladi

Andijondan Qirg‘izistonga o‘tuvchi chegara postlarida jami salkam 1,4 kg oltindan iborat buyum va qotishmalarni noqonuniy olib chiqib ketishga uringanlar ushlandi.


dayjest

Isroilning Toshkentdagi elchixonasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan talaba 5 yilga qamaldi

O‘zDJTUning 19 yoshli talabasi Isroilning Toshkentdagi elchixonasi binosiga kerosin shishasini uloqtirib, o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.


dayjest

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgardi: TIV mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi

O‘zbekiston TIV Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani bois mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan o‘zlari bilan barcha zarur hujjatlarni olib yurishni so‘radi. Shuningdek, Rossiyaga kirishdagi to‘siqlar Qozog‘istonda ham amal qilishini eslatdi.


Madaniyat

dayjest

“Stixiya” elektron musiqa festivali yana Mo‘ynoqda o‘tkaziladi

5−8-iyun kunlari Mo‘ynoqda “Stixiya” elektron musiqa, san’at va fan festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturi va ijodkorlar safi — “Gazeta.uz” materialida.


Jahon

dayjest

“Xitoy bu inqirozning sababchisi ham, ishtirokchisi ham emas”. Xitoy raisi — Ukrainadagi urush haqida

Xitoy raisi Si Szinpin Fransiyaga tashrifi davomida mamlakatning Rossiya bilan yaqin aloqada ekani bo‘yicha e’tirozlarni rad etdi. “Xitoy bu inqirozning sababchisi ham, tomoni ham, ishtirokchisi ham emas. Lekin biz kuzatuvchi ham emasmiz, tinchlikka erishish uchun doimo faol harakat qilganmiz”, — dedi u.


dayjest

Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan qo‘lga olindi

Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda bojxona xodimlari tomonidan ushlandi. Ularga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.


dayjest

Istanbulda odam savdosi va firibgarlikda gumonlangan o‘zbekistonlik ushlandi

Istanbul shahrida odam savdosi va firibgarlikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U odamlarni AQShga yuborishni va’da qilib, ularning pullarini olib, ularni o‘zining shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda.


dayjest

AQSh Rafah operatsiyasi sabab Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi

Qo‘shma Shtatlar Isroilga 3500 ta bomba yetkazib berishni to‘xtatdi. AQSh hukumati Isroil bombalarni G‘azo sektori janubidagi 1 milliondan ortiq falastinlik qochqinlarga boshpana bo‘layotgan Rafah shahriga hujumda qo‘llashi mumkinligidan xavotirlangan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!