16-fevral kuni tushdan keyin Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining yangi ATR 72−600 samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabariga ko‘ra, samolyot an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.

Foto: Uzbekistan Airports.Foto: Uzbekistan Airports.

Aviakompaniya parkidagi to‘rtinchi samolyot Tuluzadagi (Fransiya) ATR zavodidan poytaxt aeroportiga — Istanbulda (Turkiya) texnik to‘xtashni amalga oshirib — yetib keldi.

Uzbekistan Airways rahbari Shuxrat Xudaykulov ekipajni kutib oldi. Foto: Uzbekistan Airports.Uzbekistan Airways rahbari Shuxrat Xudaykulov ekipajni kutib oldi. Foto: Uzbekistan Airports.

Samolyot soddalashtirilgan fyuzelyaj rangiga ega — oq. Yaqin kunlarda Uzbekistan Airways Technics angarlaridan birida milliy xon-atlas tasviri tushirilgan livreya qo‘llanishi rejalashtirilgan, deb xabar qildi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Foto: Uzbekistan Airports.Foto: Uzbekistan Airports.

So‘ngra yangi samolyot mamlakat bo‘ylab muntazam parvozlarni amalga oshira boshlaydi.

Foto: Uzbekistan Airways.Foto: Uzbekistan Airways.

Silk Avia — Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan loukoster aviakompaniya bo‘lib, parvozlarini 2023-yil 25-apreldan boshlagan. Uning dastlabki uchta samolyoti Bangkok Airways kompaniyasidan sotib olingan.

O‘tgan yilning oktabr oyida prezident qarori bilan kompaniya brendi saqlab qolingan holda Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tkazilgan.

Foto: Uzbekistan Airways.Foto: Uzbekistan Airways.

ATR 72−600 — ikki dvigatelga ega, turbovintli, qisqa masofaga uchuvchi samolyot. Kreyser tezligi 550 km/soat, 1400 km gacha bo‘lgan masofada bir toifada 70 nafargacha yo‘lovchini tashiy oladi hamda ikkita uchuvchi tomonidan boshqariladi.