Prezident Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan Xonobod shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholisi 100 mingdan oshadigan Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Andijon, Asaka va Shahrixon shaharlarida urbanizatsiya dasturi amalga oshirilishi ta’kidladi. Bundan tashqari, ipoteka dasturi uchun Andijon viloyatiga qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi.

“2024-yilda Andijonda 190 ta ko‘p qavatli uy-joy qurib, 7 mingta oilani yangi xonadon bilan ta’minlash zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Asaka tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi tashkil etib, 68 ta uy quriladi, Shahrixon tumani ham “Yangi O‘zbekiston” massivlari dasturiga kiritiladi.