Toshkentda juma kuni tushdan keyin havo harorati Selsiy bo‘yicha 0 darajagacha tushib ketdi, do‘l yog‘ib, tezda qorga aylandi. Ikki-uch soat ichida bir necha santimetr qor yog‘di.

Shimoliy vokzal yaqinidagi chorraha, tirbandlik bor.Shimoliy vokzal yaqinidagi chorraha, tirbandlik bor.

Yo‘llarda ishqalanishning yomonlashuvi tufayli avtomobillar harakati keskin sekinlashdi, tirbandliklar paydo bo‘la boshladi, oqibatda hali tig‘iz vaqt boshlanmasidan avvaloq tirbandlik o‘zining maksimal qiymatiga yetdi.

tirbandlik, тошкент, фото, қиш, qor

Taksi narxlari kamida ikki baravar oshdi. Aksariyat aholi mashinalar yetishmasligi sababli taksi chaqira olmadi.

Xalqlar do‘stligi saroyi qorda ko‘rinmay qoldi.Xalqlar do‘stligi saroyi qorda ko‘rinmay qoldi.

Jamoat transporti — avtobus va metro — ishonchli ishlamoqda. Biroq ko‘chalardagi tirbandlik va harakatning sekinligi avtobuslar jadvaliga ta’sir qildi.

tirbandlik, тошкент, фото, қиш, qor

Ijtimoiy tarmoqlarda garmoshkali avtobus haydovchisi Farg‘ona yo‘lidagi yo‘l o‘tkazgichga chiqib olish uchun yo‘lovchilardan transport vositasidan tushib turishni so‘ragani aks etgan video paydo bo‘ldi.

tirbandlik, тошкент, фото, қиш, qor

14-sonli avtobus haydovchisi Shimoliy vokzal yaqinidagi Kichik xalqa yo‘lida kuchli tirbandlik yuzaga kelgani tufayli oxirgi bekat tomon burilishga majbur bo‘ldi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti chorrahasi.Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti chorrahasi.

Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi, yo‘l harakati nazoratchilarining yo‘qligi ko‘chalardagi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Shaharning asosiy ko‘chalarida qor tozalash mashinalari ishlay boshladi.

Video