16-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Andijonda jamoatchilik bilan o‘tkazgan uchrashuvida pora olib qo‘lga tushgan Buxoro viloyatining Kogon tumani prokurori haqida ham gapirib o‘tdi. Davlat rahbari bosh prokurorga maxsus topshiriq berib, xodimini ishdan olishni tayinladi.

Quyida davlat rahbarining gaplari tahrirsiz keltirildi.

“Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Buni nima uchun elga aytyapman? Biz amalda mana bu ham prokurorning o‘zining harakati bilan bunday narsalar amalga oshyaptiki, bu o‘zi kurashchi bo‘lib, uning xodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik? Uch kun oldin menga aytdi. Men aytdimki, indamanglar, oxirigacha… ertaga suddan qaytmasligi kerak bu narsa. Sekin-sekin… 200 ming dollarni gaplashgan u. 91 ming olib kelyapti. „Yo‘q, narigisini ham olib kelasan“, deyapti. Uni ham indamanglar dedim, sekin yana 3-kuni 91 ming dollar olib keldi-da, 101 ming dollarini olib kelinglar deyapti. Endi yana mayda-chuyda bo‘lmasin-ku, o‘nini o‘rtadagi vositalar olib qo‘yyapti. Yo‘q, deydi, o‘nini ham noinsof prokuror menga olib kelinglar, deyapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

“Mana, bosh prokurorimiz o‘tiribdi, Buxoroga borib ishdan oladi”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.