dayjest

Hafta boshida qor va yomg‘ir yog‘adi, chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtashi kutilmoqda

Dushanba va seshanba kunlari havo sovib, hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha yuqorilaydi.


dayjest

Toshkentda metro yaqinidagi bir necha do‘konlarda yong‘in chiqdi (foto, video)

Sergeli tumanida metroning “Qipchoq” va “Turon” bekatlari yaqinidagi bir nechta yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi, deb xabar berdi FVV. “Toshkent metropoliteni” yong‘in metro tizimiga ta’sir ko‘rsatmaganini bildirdi.


dayjest

“Tayvan — Xitoyning ajralmas qismi” — O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi haqida

Tayvanda o‘tgan prezidentlik saylovida hukmron partiya nomzodi Lay Sinde g‘alaba qozondi. O‘zbekiston TIV jarayonga munosabat bildirib, mamlakat “Yagona Xitoy” tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.


dayjest

Japarov: Deputat Jamg‘irchiyev “Salimboy"dan ““ikki do‘st"ni yo‘q qilishni” so‘ragan

Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovning aytishicha, “Salimboy” bilan uchrashish uchun o‘zbek-qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan deputat Emil Jamg‘irchiyev undan “ikki do‘stni” yo‘q qilishga yordam berishni so‘ragan. Qirg‘iziston matbuotining qayd etishicha, mamlakatda prezident va MXDQ rahbari shunday chaqiriladi.


dayjest

“Paxtakor” va “Surxon” klublari xususiylashtirish arafasida turibdi — Diyor Imomxo‘jayev

O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev “Paxtakor” va “Surxon” futbol klublari xususiylashtirish arafasida ekanini aytdi. “„Surxon“ aslida bir yil oldin xususiylashtirilishi kerak edi, lekin klubda bundan avval ishlagan odamlarning ba’zi xatolari bor, prokuratura buni o‘rganmoqda”, — dedi u.


dayjest

Jizzaxda elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi

Baxmal tumanida elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. U hamkasbi bilan nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv olib borayotgan bo‘lgan.


dayjest

Ukraina va Britaniya xavfsizlik bitimini imzoladi

Buyuk Britaniya G7 davlatlaridan birinchi bo‘lib Ukraina bilan xavfsizlik bo‘yicha bitim tuzdi. Britaniyaning ushbu hujjatda keltirilgan majburiyatlari Ukraina NATOga qo‘shilguncha o‘z kuchida qoladi, dedi Ukraina prezidenti.


dayjest

Ispaniyaning Santander banki O‘zbekistonda vakolatxonasini ochishi mumkin

Ispaniyadagi Santander bankining mintaqaviy menejeri David Plaza O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, bank O‘zbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.


dayjest

Chiroqchi tumani hokimiga hayfsan berildi

2023-yil avgust oyidan buyon Qashqadaryoning Chiroqchi tumaniga hokimlik qilib kelayotgan Fayzulla Yusupovga nisbatan hayfsan jazosi qo‘llandi. Viloyat hokimligi uning topshiriqlar ijrosida nazoratni susaytirgani va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini bildirdi.


dayjest

O‘zbekistonda Eltech Industrial texnoparki tashkil etiladi

Ohangarondagi texnopark negizida Eltech Industrial texnoparki tashkil etilmoqda. Maqsad — “yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini o‘zlashtirish”. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni oshxona havo tortish qurilmalari ishlab chiqarish uchun ajratiladi.


dayjest

Toshkentdagi yana bir kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanbaga o‘tar kechasi Yunusobod tumanida joylashgan kafe yonib ketdi. Vafot etganlar va jabrlanganlar yo‘q. Ikki kun avval Mirobod tumanidagi kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lib, 3 kishi jarohatlangan edi.


dayjest

Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklovlar kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati xorijiy tovarlarning (hozirda 520 dan ortiq tovarga taqiq qo‘yilgan) davlat xaridlarida ishtirok etishiga cheklovlarni kuchaytirishni va mahalliy kompaniyalarga, jumladan, elektrotexnika ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq imtiyozlar berishni rejalashtirmoqda.


dayjest

Yevrokomissiya vitse-prezidenti O‘zbekistonga keladi

Seshanba kuni Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Uning Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda.


dayjest

Sun’iy intellekt barcha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qiladi — XVJ

XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalari almashtirish yoki o‘rnini to‘ldirish orqali dunyodagi jami ish joylarining 40 foiziga ta’sir qiladi. Rivojlangan iqtisodlar sun’iy intellektdan foyda olishda yaxshiroq imkoniyatlarga ega, bu esa global tengsizlikni yomonlashtirishi mumkin.


dayjest

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-martdan joriy qilinadi

O‘zbekistonda bahorgacha tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda. U elektron shaklda bo‘ladi va yuqori reytingga ega tadbirkorlarga qator imtiyoz hamda preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi.