O‘zbekistonning Madrid shahridagi elchixonasida Ispaniyadagi Santander bankining mintaqaviy menejeri David Plaza bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Suhbat chog‘ida ispan tomoni O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalalariga qiziqish bildirgan.

Shuningdek, mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun Santander banki O‘zbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyati Ispaniya bankining vakolatxonasi ochilishini jadallashtirish omili bo‘lishi ta’kidlangan.