Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov.

Jazo unga viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida o‘tkazilgan hokimlik soatida berilgan.

Yusupov “topshiriqlar ijrosini ta’minlashda nazoratni susaytirib yuborgani, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani” uchun hayfsan olgani ta’kidlandi.

U mazkur lavozimni 2023-yilning avgust oyi boshida egallagandi.

Yusupov 1976-yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. 1999-yil Toshkent moliya institutini, 2006-yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.