Aprel oyida O‘zbekiston aholisi va biznesining kelgusi 12 oylik inflyatsiya kutilmalari 4 oylik pasayishdan so‘ng keskin oshdi, deb xabar beradi Markaziy bank.

Aholining narxlar kutilmasi mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 14 foizni (mart oyiga nisbatan +1,2 foiz), tadbirkorlarniki 13,3 foizni (+1,1 foiz) tashkil etdi.

kommunal xizmatlar, inflyatsion kutilmalar, markaziy bank

Toshkent pessimistik inflyatsiya kutilmalari bo‘yicha yetakchi bo‘lib qoldi. Poytaxt aholisi 17,2 foiz (+0,3 foiz), tadbirkorlar esa 14,8 foiz (0,4 foiz) inflyatsiyani kutmoqda.

Shu bilan birga, narxlarning o‘sishi kutilmalari Buxoro viloyatida — 15,7 foiz (+3,4 foiz), Farg‘ona viloyatida — 14,9 foiz (+1,3 foiz) va Surxondaryo viloyatida — 14,7 foiz (+2,2 foiz) ko‘rsatkichida bildirilgan.

Biznes Toshkentda — 14,5 foiz (+1,7 foiz), Sirdaryoda — 14,4 foiz (+2 foiz) va Jizzax viloyatlarida — 13,9 foiz (+2,4 foiz) yuqori inflyatsiya darajasini kutmoqda.

kommunal xizmatlar, inflyatsion kutilmalar, markaziy bank

Mart oyidagi so‘rovlarda narxlarning oshishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omil kommunal xizmatlar narxining oshishi bo‘ldi — 55 foiz (mart oyida — 42 foiz).

Keyingi 12 oy ichida narxlar oshishiga valyuta kursining o‘zgarishi ta’sir qiladi, deb hisoblagan respondentlar ulushi biroz kamaydi — respondentlarning 55 foizi shunday fikrda (avval 61 foiz edi), monopoliya va narxlarning sun’iy oshishi — 29 foiz (35 foiz edi), transport xarajatlari — 29 foiz (28 foiz edi).

kommunal xizmatlar, inflyatsion kutilmalar, markaziy bank

Biznesning inflyatsion kutilmalari oshishining asosiy omili ayirboshlash kursining o‘zgarishi bo‘lib qolmoqda — 60 foiz (61 foiz edi), lekin kommunal xizmatlar narxlarining o‘sishini ham qayd etildi — 54 foiz (38 foiz edi).

Tadbirkorlar soliq yukining yuqoriligini ham ta’kidlamoqda — 31 foiz (25 foiz edi).

kommunal xizmatlar, inflyatsion kutilmalar, markaziy bank

Daromadlari 10−15 million so‘m bo‘lgan aholi guruhlari o‘rtasida inflyatsion kutilmalar birmuncha pasaydi — 16,9 foizdan 16,6 foizga, 15 million so‘mdan ortiq daromadlilarda 16,1 foizdan 15,9 foizgacha pasaydi. Boshqa past daromadli guruhlarda inflatsion kutilma oshdi.

Daromadsiz aholi uchun inflyatsion kutilmalar bir oy oldingi 12 foizga nisbatan oshib, 13,2 foizni tashkil etdi, daromadi 3−4 million so‘m bo‘lganlar uchun esa 13,1 foiz (12 foiz edi), daromadi 2−3 million so‘m bo‘lganlar uchun 11,7 foizdan 14,2 foizgacha oshdi.

Inflyatsion kutilmalar — aholining kelgusi oylar va yillarda narxlarning oshishi haqidagi taxminlari. Ushbu taxminlar odamlarning iste’molchi sifatidagi xatti-harakatlariga ta’sir qiladi. Qimmatroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni tezda sotib olishni xohlaydigan odamlar xaridlarni kechiktirishni to‘xtatadilar, ko‘proq pul sarflaydilar, kamroq tejashadi va tez-tez kredit olishadi. Natijada kutilayotgan inflyatsiya real inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Talabning oshishi ta’sirida narxlar tezroq ko‘tarila boshlaydi.

Agar odamlar inflyatsiyaning keskin o‘sishini vaqtinchalik deb bilsalar, uzoq muddatli inflyatsiya kutishlari ko‘tarilmasligi mumkin — bu inflyatsiya kutilmalarining mustahkamlanishi markaziy bank siyosatiga bo‘lgan ishonchga asoslanadi: agar korxonalar va uy xo‘jaliklari pul-kredit siyosati inflyatsiyani maqsadli darajaga qaytaradi, deb ishonsa, ular bo‘lajak narx oshishi haqida kamroq xavotirlanadilar.