O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Polshada o‘tkazilgan Superbet Rapid & Blitz shaxmat turnirida oltinchi o‘rinni egalladi.

Superbet Rapid & Blitz Grand Chess Tour tijorat siklining birinchi turniridir. U Varshavada 8-maydan 12-maygacha ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Dastlab bir davralik rapid (yurishdan keyin 25 daqiqa + 10 soniya) o‘tkazildi, unda qatnashchilar raqiblariga qarshi bitta o‘yin o‘tkazdi.

Shundan so‘ng shaxmatchilar ikki raundda blits (5 daqiqa + 2 soniya) o‘ynadi. Rapiddagi g‘alaba uchun ikki, durang uchun esa bir ochko berildi. Blitsda g‘alaba bir ochkoga, durang esa yarim ochkoga teng edi. Umumiy hisobda eng ko‘p ochko to‘plagan ishtirokchi g‘olib bo‘ldi.

Foto: Grand Chess Tour.Foto: Grand Chess Tour.

O‘yinlarda 10 nafar shaxmatchi ishtirok etdi: Magnus Karlsen (Norvegiya, rapid bo‘yicha reyting 2828, blits bo‘yicha 2886), Vey I (Xitoy, 2758/2684), Yan-Kshishtof Duda (Polsha, 2748/2766), Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2733/2661), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2704/2675), Anish Giri (Niderlandiya, 2687/2715), Arjun Erigaysi (Hindiston, 2671/2744), Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2649/2651), Vinsent Kaymer (2647/2610), Kirill Shevchenko (Ruminiya, 2622/2546).

Vey I musobaqaning rapid o‘yinida 13/18 hisobida g‘alaba qozondi. Karlsen 12/18 hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo norvegiyalik shaxmatchi 18 ochkodan 14 ochko jamg‘arib, blits bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Vey I esa ikkinchi o‘rinni egalladi, u 12,5 ochko to‘pladi.

Shu tariqa, Karlsen 26 ochko bilan umumiy hisobda zafar quchdi. Undan keyinni o‘rinlarni Vey I (25,5) va Yan-Kshishtof Duda (19,5) egalladi. Ular mos ravishda 40, 30 va 20 ming dollardan mukofot olishdi.

Karlsen va Duda bu yilgi Grand Chess Tour ishtirokchilari emas va Varshavada tashkilotchilarning wild-card doirasida o‘ynadi. Superbet uchun tur ochkolari Praggnanandxa (7), Abdusattorov (5), Giri (3) va Gukeshga (1) berildi. Kelgusida tur ishtirokchilari Ruminiya, Xorvatiya va AQShda o‘ynab, butun seriya g‘olibini aniqlaydi.

Nodirbek Abdusattorov rapid yo‘nalishida 8 ochko jamg‘argan holda 6−7-o‘rinlarni bo‘lishib, blits-turnirda 9,5 ochko bilan 5-o‘rinni egallab, umumiy hisobda oltinchi o‘rinni egalladi. Uning blitsning birinchi raundida Magnus Karlsen ustidan qora donalarda g‘alaba qozongan o‘yini esda qolarli bo‘ldi, sababi o‘sha o‘yinda Karlsen mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z hissiyotini yashirib o‘tirmadi. Keyinchalik Karlsen shunday dedi: “O‘yin tugashiga bir necha soniya qolganida men hech narsani tushunmay qoldim”.

Foto: Grand Chess Tour.Foto: Grand Chess Tour.

Vey I bilan oradagi farqni yo‘qotish uchun Karlsen ikkinchi davrada qatorasiga 10 o‘yinda g‘alaba qozonishi, jumladan, Nodirbekdan revansh olishi kerak edi. 26/36 hisobni qayd etgan norvegiyalik sportchi Zagrebda o‘tgan yilgi natijasini takrorladi. Karlsenga 2019-yilda Kalkuttada 27/36 hisobidagi rekordini takrorlash uchun atigi bir ochko kam edi.

Mana bu jadvalda sovg‘alar va tur ochkolari qanday taqsimlanganini ko‘rish mumkin. Seriyaning to‘rtta to‘laqonli ishtirokchisi va olti nafar taklif etilgan qatnashchilar (jadvalda ular WC harflari bilan belgilangan) Varshavada o‘yin olib bordi.Mana bu jadvalda sovg‘alar va tur ochkolari qanday taqsimlanganini ko‘rish mumkin. Seriyaning to‘rtta to‘laqonli ishtirokchisi va olti nafar taklif etilgan qatnashchilar (jadvalda ular WC harflari bilan belgilangan) Varshavada o‘yin olib bordi.

Oltinchi o‘rin Nodirbek Abdusattorovga 11 ming dollar mukofot puli va Grand Chess Tour`da 5 ochkoni taqdim etdi.

Avvalroq Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan Tepe Sigeman-2024 turnirida g‘olib chiqqandi.